Xalqimizda “til bilgan, el bilar”, “tilga eʼtibor - elga eʼtibor” degan hikmatli maqollar mavjud. Dunyodagi qaysi bir xalqni olmaylik, uning oʻz oʻrni, mavqei, milliyligi va tarixiy rivojlanish yoʻli bor. Xalqning madaniy-maʼnaviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri hamda ilmiy va tarixiy boyliklari uning tilida oʻz ifodasini topadi. Til - ilm oʻrganish kalitidir. Tillarni puxta bilish - katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz “ish bilganga bir tanga, til bilganga ming tanga” deb bejiz aytishmagan. Hozirgi davrda ham ishni, ham chet tillarini bilish shart deb oʻylaymiz. Shunday ekan, har doim oʻqish va oʻrganishdan toʻxtamanglar.