islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Ilmiy_tadqiqot

Tag

Shayh ibn Hojib

Alloh taolo Qur’oni karimni insonlar hidoyat topishi uchun tushirdi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni esa bu Kitobni bayon qilib tushuntirib berishi uchun jo’natdi. Salafi solih sahobalar Qur’onga qattiq ehtimom bilan e‘tibor berardilar. So’zimizning dalili sifatida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “O’zidan boshqa iloh yo’q bo’lgan zotga qasamki, Alloh taolo Kitobidan qaysi bir oyat tushgan bo’lsa, men uni kim haqida nozil bo’lgan, qayerda nozil bo’lgan, bilaman...- Toshkent islom instituti talabasi Zikriyoyev Hojimurod

Yog’och qayiq

Bir savdogar kunlarning birida tijorat maqsadida boshqa shaharga safar qilishni xohlagan edi. Lekin pullarini barchasini to’plab hisoblasa, ular juda oz ekan. Shunda u savdogar bir kishini oldiga borib, undan ming dinor qarz berib turishini so’radi. U kishi savdogar biror odamni kafil va vakil qilib keltirishi sharti bilan rozi bo’ldi. Lekin u kishi : "Sen rostgo’y kishisan Alloh sen uchun vakil va kafil bo’lsin" deb, pulni unga berib, qarzni to’lashlik uchun bir kunni belgiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Meliboyev Abdulbosit

Ma’rifat chirog’i – Hazrat domla Xonaqohiy

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Marg‘ilonda yashab, ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan bir qator allomalar va tasavvuf shayxlari nomini keltirish mumkin. Chunki bu davrda Marg‘ilonda ko‘plab shariat olimlari va yetuk mutasavviflar istiqomat qilib, ilm-fanning turli sohalariga doir, jumladan, fiqh, siyra, tarix, adabiyotga oid turli mazmun va shaklda ko‘plab nodir asarlar yaratganlar. Shunday zotlardan biri bu buyuk alloma, tasavvuf shayxi Muhammad Yusuf Xonaqohiy Hazrat Hazin Marg‘inoniydir...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin

Ibn Sino

Ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan hisoblanadi. Allomaning to‘liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh al-Hasan ibn Abu Ali ibn Sino bo‘lib, ko‘pincha qisqartirilib Abu Ali ibn Sino yoki Ibn Sino deb yuritiladi. Ibn Sino 370-hijriy yil Safar oyining boshida (ya'ni 980-yil avgust oyining ikkinchi yarmida) dunyoga keldi...- Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin Mustafo

Imom Dorimiy “Sihohi sitta”ga kiritganmi?

Xofiz al-kabir Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy Samarqandiy ad- Dorimiy 182 xijriy Samarqand shahrida dunyoga kelgan. U zotning bobolari asli arab bo'lib, fath sababli Xurosonga ko'kb kelgan va shu yerni vatan tutgan...- Toshkent islom instituti talabasi Tursunov Abduqodir
1 7 8 9 10 11 12