islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Mahmudxo’ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar

Behbudiy 1913-yili “Samarqand” gazetasini nashr qilish uchun hukumatdan ruxsat oldi. Gazeta o’zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. Gazetaning 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr qilish to’xtatilgan. 1913-yil 20-avgustdan u “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. Jurnal, haftalik, suratli bu asosan, oʻzbek tilida boʻlib, she’r, turli yo’nalish va mavzudagi maqolalar hamda tahliliy materiallardan tashqari e’lonlar ham berib borilgan. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi.

“Oyna” jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq “Ikki emas, to’rt til lozim” nomli maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va fransuz tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi (“Har millat o’z tili ila faxr etar”, 1914, 35-son), o’zaro munosabatlari (“Til masalasi”, 1915, 11-12-sonlar) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqliligi masalasini ko’tardi (“Tanqid saralamoqdir”, 1914, 27-son). Millat sha’nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o’z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi (“Sart so’zi majhuldur”. 1915, 22-, 23-, 25-, 26-sonlari.)

Behbudiy 1919-yilning bahorida 25-martda Shahrisabzda qo’lga olinib, sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. Uning qatli haqidagi xabar o’sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga rosa bir yildan keyin ma’lum boʻladi. 1920-yilning aprelida butun Turkiston motam tutadi. O’nlab marsiyalar yoziladi. Fitrat “Behbudiyning sag’anasini izladim” deb nomlangan she’r bitadi.

 

Toshkent islom instituti

402-guruh talabasi Maxkamov Mirkamol

366040cookie-checkMahmudxo’ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: