islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Yurtimizda har yili “9 may – Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanadi

Shu munosabat bilan Toshkent islom instituti kunduzgi taʼlim talabalari kuratori O. Yusupov hamrohligida Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdilar.

O’zbekiston mustaqil Respublika deb e’lon qilingandan keyin mamlakatda Prezident I.A.Karimov rahbarligida amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo’lgan, o’tgan asrning 30-50-yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag’on etilgan va shu sababli nomlari o’zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o’chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash bo’ldi.

Respublika Prezidentining 1999-yil 12-mayda imzo chekkan Farmoyishiga ko’ra, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tuzildi.

Shu yili iyul oyida hukumat qarori asosida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi tashkil etildi.

2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi.

Yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bo’lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag’on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmui ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini o’zaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sag’ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo’lib xizmat qiladi.

Muzey binosi Bo’zsu bo’yida, bohavo joyda joylashgan bo’lib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2 hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar ko’tarib turgan ayvondan iborat bo’lgan. Uning umumiy maydoni 784 m2 tashkil etgan. Bino o’zbek milliy me’morligi an’analari asosida qurilgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lgan.

Muzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo’sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo’ljallangan 3 ta zaldan iborat inshoot bo’lib, atrofini o’yma naqshinkor ayvon o’rab turadi. Ayvonning to’rt tarafidan 42 ta milliy naqshlar o’yilgan, bo’yi 5 yarim metrli ustunlar ko’tarib turadi. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer to’lasi 1568 m2.

 

Toshkent islom instituti xodimi O. Yusupov 

391290cookie-check9 may – Xotira va qadrlash kuni

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: