islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Imom Dorimiy “Sihohi sitta”ga kiritganmi?

Xofiz al-kabir Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy Samarqandiy ad- Dorimiy 182 xijriy Samarqand shahrida dunyoga kelgan. U zotning bobolari asli arab bo’lib, fath sababli Xurosonga ko’kb kelgan va shu yerni vatan tutgan.

Muhammad ibn Ibrohim ibn Mansur Sheroziy aytadilar: “Imom Dorimiy aqlda , fahmda, fazlda, dinda yetuk edi”,- degan.

Imom Dorimiyning eng mashhur kitoblari “Sunani Dorimiy” bo’lib, bu mo’tabar olti kitobning biridir ham deyilgan.Ulamolar “Sahih kitob” egalari , deb beshta imomga ittifoq qildilar.Bular Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud va Nasoiylardir, lekin oltinchisiga ixtiloflar bor. Ba’zi ulomolar “Sunani ibn Moja” va yana ba’zilari “muvottoi Molik” deyishsa, boshqalari “Sunani Dorimiy” deyishadi. “Sunani Dorimiy” ning oltinchi kitoblikka haqli ekaniga dalil shuki u isnodda zaif kishilarning ozligi, jumhur ulomolardan ajralmaganligi , inkor etilan gaplarning topilmasligi jihatidan ajralib turadi. Dorimiyning ushbu “Sunan” kitoblari 3465 ta hadisni o’z ichiga olgandir.

Toshkent islom instituti talabasi

Tursunov Abduqodir

409850cookie-checkImom Dorimiy “Sihohi sitta”ga kiritganmi?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: