islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ispaniyadagi Granada madrasasi

“Granada madrasasi” Ispaniyaning Granada shahridagi madrasa boʻlib, unga 1349- yilda Granada sultoni Nasriy monarxi Yusuf I tomonidan asos solingan. Ushbu madrasa “Yusufiya” nomi bilan ham tanilgan. Madrasa shaharning qoq markazida, bosh masjid (hozirgi Granada sobori joylashgan joy) va Alkayseriya yaqinida qurilgan.

Bu madrsani qurishdan maqsad yangi olimlarni tayyorlash va tarbiyalash (ular keyinchalik davlat mutasaddilari boʻlib ham xizmat qilishi mumkin edi) hamda Nasrid hukmdorlarining taqvodor musulmonlar sifatidagi oʻz obroʻ-eʼtibori oshirish boʻlgan. Taʼlimning asosiy yoʻnalishi odatda islom huquqi, arab tili grammatikasi va tegishli fanlar edi. Oʻqitiladigan fanlar orasida ilohiyot, huquq, tibbiyot, astronomiya, mantiq, matematika, jumladan, geometriya va mexanika kabilar bor edi. Mashhur arab tarixchisi, 1348-1354-yillarda Grenada sultonining vaziri boʻlgan, asli shomlik Ibn al-Xatib ham bu yerda ilk talaba edi.

Ispaniya 1492-yilda Granadani bosib olgandan keyin Madrasa 1499-yil oxiri yoki 1500-yil boshlarigacha oʻz faoliyatini davom ettirdi. Asl madrasa inshootining aksariyati 1722-1729-yillar oraligʻida buzib tashlangan. 1858-yilda shahar hokimiyati Plaza del Karmenga koʻchib oʻtgandan soʻng madrasa binosi toʻqimachilik ombori sifatida foydalanish uchun sotilgan.

20-asrning boshlarida binoni qaytarib sotib olingan, bu esa 1939-yillarda qayta tiklash ishlariga sabab boʻlgan edi. 1942-yilda binoni yangi “Ilmiy tadqiqotlar Oliy Kengashining Katolik Monarxlari Instituti”ga aylantirish uchun muvaffaqiyatsiz urinish boʻldi. 1976-yilda bino Granada universiteti tarkibiga kirdi. Bino 20-asrning oxiridan boshlab bir qator restavratsiyadan oʻtdi. 2006-2007-yillarda keng qamrovli arxeologik qazishmalar olib borilgan va bino 2011-yilda foydalanishga topshirilgan.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Alimov Abdulmalik

410450cookie-checkIspaniyadagi Granada madrasasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: