islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Arab tilidagi qiziqarli faktlar

Arab tili faqatgina arab diyorlari aholisining muloqot vositasi boʻlibgina qolmay, butun dunyo musulmonlarining ham umumiy tilidir. Chunki, musulmonlarning kitobi – Qurʼon aynan shu tilda nozil qilingan. Koʻplab islomiy ibodat va marosimlarni bajarishda shu muqaddas tildan foydalaniladi.

Arab tilining mavqei islom dinining dunyo miqyosida keng tarqalishi tufayli koʻtarildi, chunki u koʻp asrlar davomida musulmonlar hukmronlik qilgan oʻlkalarda siyosat, fan va adabiyot tiliga aylandi.

Abdulmalik xalifaligi davrida arab tiliga umumdavlat maqomi berildi. VIII-IX asrlarda arab tili gramatikasi ishlab chiqildi. Bunda Qur’oni karim va hadisi sharifdan manbaa sifatida foydalanishdi. Umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qo‘llay boshlanildi. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi. Shunday qilib, hozirgi arab alifbosining ilk ko‘rinishi ko’fiy deb atalgan.

Arab tilidagi qiziqarli faktlardan:

  1. Bu tilda dunyo bo’ylab 422 000 000 dan ortiq kishi so’zlashadi.
  2. Misr davlati arab tilida eng kòp sòzlashuvchi aholiga ega hisoblanadi 90 000 000 aholining 82 500 000 ni arab tilida sòzlashadi.
  3. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltinchi tilidir.
  4. Arab tilida “sher” sòzini 346 ta nom bilan atalishi bor.
  5. Ushbu til arab dunyosi mamlakatlari uchun birinchi; Eriteriya, Chad va Isroil davlatlarida ikkinchi rasmiy tildir.
  6. Arab tili “Zod -ض- tili” deb ham ataladi. Chunki faqat unda “ض” harfi mavjud.
  7. Arab tili turk, fors, kurd, fransuz, ispan va boshqa ko‘plab tillarga ta’sir qilgan.
  8. Uning harflaridan boshqa tillar ham foydalanadi. Masalan: fors, kurd, malay va eski turkiy til.
  9. Arab xattotligi dunyodagi eng go‘zal san’atlardan biridir.
  10. Ingliz tilida 600 000 ta so’z borligi muqobilida, arab tilida 12 300 000 ta million so‘z mavjud.
  11. Lotin tilidagi 700 ta so‘z asosiga nisbatan arab tili 16 000 so‘z asoslariga ega.
  12. Arab tili fors va ibroniy tillari bilan birga o‘ngdan chapga yoziladi.

Hech shak shubha yo’qki, arab tili dinimizning ajralmas qismidir. Shuning uchun olimlarimiz shariat ahli uchun bu tilni bilish zarur, deb hisoblashgan.

Imom Faxriddin ar-Roziy aytganlar: “Shariatimizni bilish manbasi Qur’on va hadislar bo’lib, ular arablarning tili, nahv va sarf qoidalariga ko’ra kelgan, shuning uchun shariatimizni bilish ushbu ilmlarni bilishga bog’liq”. Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi “Arab tilini oʻrganinglar, chunki u diningizdandir”.

Toshkent islom instituti talabasi

Barakayeva.M

414592cookie-checkArab tilidagi qiziqarli faktlar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: