islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Eng oliy ne’mat

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا

“–Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz sanog‘iga yeta olmaysiz”. Ibrohim surasi 34 oyat.

O‘zi ne’mat deb kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondiradigan, ularga manfaat bo‘lgan barcha narsalarga aytiladi.

Bu ne’matlar ichida bandani ikki dunyoda saodatmand etadigan, eng oliy ne’mat bu IYMONDIR.

Kunlarning birida Iso a.s. bir boy-badavlat kishini olib kambag‘alning uyiga boshlab bordi. “Qara bu kambag‘al inson sening dindosh birodaring. Alloh taolo seni O‘z fazlidan boylik berib undan afzal qildi. Shu bois Alloh taologa doimiy shukrda bo‘lishing lozim”, dedilar.

Keyin u kambag‘alni olib bir bemor kishini oldiga borishdi. “Qara buning xoliga, sen kambag‘alsan ammo kasal emassan, sog‘lomsan. Shuning uchun Allohga shukr qil”, dedilar.

So‘ngra u kasal insonni iymonsiz bir kishini oldiga olib kelib: “Qara sen kambag‘alsan yana bemorsan ammo iymoning bor. Iymonsiz bo‘lganingda nima qilarding. Dunyoing va oxirating xarob bo‘lardi. Shu bois Allohga shukr qil”, dedilar.

Ha azizlar bir o‘zimizga ibrat nazari bilan qarasak Alloh taolo bizga sanab bo‘lmaydigan darajada ne’matlar in’om qilgan. Bu ne’matlar ichida boylikdan ham hatto salomatlikdan ham ulug‘rog‘i iymon ne’matidir.

Bizni mo‘minlardan qilgan Alloh taologa hamd-u sano va shukrlar bo‘lsin!

Toshkent islom instituti

modul ta’lim tizimi talabasi,

Imom Ota masjidi imom-xatibi

O‘tkirxon Abdullayev

416610cookie-checkEng oliy ne’mat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: