islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Soha rahbarlari Surxondaryodagi imom-xatiblar bilan muloqot oʻtkazdilar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, Moliyaviy nazorat va tahlil boʻlimi mudiri I.Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi D.Rahimov, viloyat bosh imom xatibi A.Sayfuddinov Surxondaryo viloyati imom-xatiblari va imom noiblari bilan uchrashib, muloqot oʻtkazdilar.

Uchrashuvda masʼullar Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, global tahdidlar, siyosiy-diniy oqimlar xatari, imom-xatiblikning masʼuliyati, bilimli va dunyoqarashi keng diniy kadrlarga boʻlgan talab va ularga qoʻyilayotgan vazifalar yuzasidan nutq soʻzladilar.

Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi masjidlar 2116 ta boʻlib, Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 120 dan ortiq.

Qurʼoni karim Tavba surasi 18-oyatda: “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol oʻqigan, zakot bergan, va faqat Allohdangina qoʻrqqan kishilar obod qilurlar. Aynan oʻshalar hidoyat topuvchilardan boʻlishlari mumkin”, deyiladi.

Surxondaryo viloyatida hozirgi kunda barcha jome masjidlarida moʻmin-musulmonlarning emin-erkin ibodat qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Masjidlar qurilishida voha meʼmorlik sanʼati va zamonaviylik uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Shinam xonaqohlar, koʻkka boʻy choʻzgan gumbazlar, oʻziga xos naqshlar bilan bezatilgan mehroblar, xattotlik sanʼati aks etgan Qurʼoni karim va hadisi shariflardan bitiklar, baland-baland minoralar shular jumlasidandir.

Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan Surxondaryoda markaz oʻz faoliyatini boshlagan.

Oʻzbekistonda 10ta oʻrta maxsus, 3ta oliy diniy taʼlim muassasasi bo’lsa, 2024-yilda Surxondaryoning markazi Termiz shahrida yana bir oliy diniy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini boshlashi rejalashtirlilgan.

 

Surxondaryo viloyati vakilligi kanali: https://t.me/surxonmuslimuz

 

TII Matbuot xizmati

421220cookie-checkSoha rahbarlari Surxondaryodagi imom-xatiblar bilan muloqot oʻtkazdilar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: