islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Shahidlar xotirasi – abadiy

Yurtimizda har yili “9 may – Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent islom instituti Modul ta’lim talabalari murabbiylari S.Aripov va A.Toshpo‘latov hamrohligida Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdilar.

Chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo‘lgan, o‘tgan asrning 30-50 yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag‘on etilgan va shu sababli nomlari o‘zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o‘chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

1999-yil 12-mayda e’lon qilingan Farmoyishga ko‘ra, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tuzildi. Shu yili iyul oyida hukumat qarori asosida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. 2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo‘ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi.

Yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bo‘lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag‘on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmui ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini o‘zaro birlashtirib turadi.

Agar ramziy sag‘ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo‘lib xizmat qiladi. Muzey binosi Bo‘zsuv bo‘yida, bahavo joyda joylashgan bo‘lib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m. kv. hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan.

Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar ko‘tarib turgan ayvondan iborat bo‘lgan. Uning umumiy maydoni 784 m. kv. tashkil etgan. Bino o‘zbek milliy me’morligi an’analari asosida qurilgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo‘limdan iborat bo‘lgan. Muzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo‘sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo‘ljallangan 3 ta zaldan iborat inshoot bo‘lib, atrofini o‘yma naqshinkor ayvon o‘rab turadi.

Ayvonning to‘rt tarafidan 42 ta milliy naqshlar o‘yilgan, bo‘yi 5 yarim metrli ustunlar ko‘tarib turadi. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m. kv. tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m. kv, yer to‘lasi 1568 m. kv.

TII Matbuot xizmati

427560cookie-checkShahidlar xotirasi – abadiy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: