islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Buyuk mufassir imom Bag’aviy

Imom, hofiz, mujtahid, faqih, sunnatni qayta tiklovchi, Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Farro Bag‘aviy Shofe’iy Kitob va sunnati nabaviyni ixlos bilan o‘rganib, o‘rgatib, ular haqida kitob yozish bilan xizmat qilgan buyuk ulamolardan biridir.

Farro: Mo‘ynali kiyimlar ishlab chiqarish va sotishga nisbatan ishlatiladi.

Arab tilidagi Bag‘aviy so‘zining: “Bo”, “G‘o”, “Vov” harflari fatha bilan yozilib, bu Xurosonda Marv va Hirot o‘rtasidagi “Bog‘” va “Bog‘shur” nomli shaharga, nisbatan ishlatiladi.

Yoqut Hamaviy “Mu’jamul buldon” asarida shunday degan: “Imom Bag‘aviy 433/1042-yilda tug‘ilgan, Zirakli esa “A’lam”, kitobida imom Bag‘aviy milodiy 436/1045-yili tug‘ilgan ekani haqida ishora qilib o‘tgan.

Abdulloh Bag‘aviy ahli sunna val jamoa e’tiqodida, shofe’iy mazhabida bo‘lgan. Ilm talabida Xurosonning turli hududlariga safar qilgan. Shofe’iy faqihlaridan bo‘lish bilan birga, u muhaddis va mufassirlar qatoridan ham joy olgan.

Taqiyuddin Harroniyning yozishicha, Bag‘aviyning tafsiri Sa’labiyning tafsiridan qisqaroq, lekin mavzu’ hadislardan va bid’at fikrlardan holidir.

“Ma’olimut tanzil” tafsiri Ibn Kasir tafsiri bilan, shuningdek “Tafsirul Xozin” bilan ham bir muqovada nashr etilgan.

Imom Bag‘aviy aqidada Qur’on va sunnatga ergashib, salafi solih imomlari yo‘lida yurganlar. Tosh Kubro Zoda “Miftoh as-Sa’ada” kitobida bunday ta’rif bergan: “Hujjati qat’iy dinda aqidasi to‘g‘ri buyuk olim edi”

Ibn Kasir u kishining vafoti 510/1116-yilda bo‘lgan deb rivoyat qiladi .

U zot (rohimahulloh) Xuroson bog‘laridan bir shahar Marv Ruzda vafot etdi, hijriy besh yuz o‘n oltinchi yil Shavvol oyida shayxi qozi Husaynning yoniga dafn qilindi va u zot yetmish yoshga yetgan edi .

Ustozlari:

Imom Bag‘aviy o‘z davrining yetuk olimi bo‘lib yetishiga, ilmda dengiz bo‘lgan ko‘plab olim, faqih, mufassir, muhaddislardan ta’lim olgan. Imom Bag‘aviy ustozlaridan Fiqh, tafsir, hadis, kalom ilmi, va boshqa ko‘plab ilmlarni egallaydi. Imom Bag‘aviyning ustozlarini tarjima hollarini qisqacha aytib o‘tamiz.

  1. Shofe’iy mazhabi faqihi, Xuroson faqihi, “Ta’liqot” muallifi qozi Husayn bin Muhammad Marvaziy Xurosondagi Shofi’iy mazhabining shayxi. Imom Marvaziy hijriy (327-417) milodiy (928-1026) yillari yashab ijod qilgan. U kishi hijriy 417 yili Eronda vafot etgan.
  2. Abdulvohid ibn Ahmad ibn Abul Qosim Malihiy, Haraviy, Nuaymiydan rivoyat qilingan “Sahih” hadisning roviysi, solih kishi edi va ko‘p rivoyatlar undan rivoyat qilingan. U kishi 463-yili Jumodil oxir oyida 93 yoshida vafot etgan.
  3. Hijoz shayxi nomi bilan mashhur bo‘lgan faqih Abul Hasan Ali bin Yusuf Juvayniy “Salavoh fiy Ulumi tasavvuf” kitobini yozgan va ko‘zga ko‘ringan faqih bo‘lib, hijriy 463-yili vafot etgan.
  4. Abul Qosim Abdulkarim ibn Havozin, ibn Abdulmalik ibn Talha Naysoburiy Qushayriy Xurosoniy, zohid imom, barchaga o‘rnak bo‘lgan olim, U 465/1072-yili vafot etgan.

Shogirdlari:

O‘z navbatida, imom Bag‘aviy egallagan ilmlarini o‘z shogirdlariga ham o‘rgatgan, uning shogirdlari ilmda peshqadam bo‘lib, o‘z davring yetuk olimlari safidan joy olgan

  1. As’ad ibn Ahmad ibn Yusuf ibn Ahmad ibn Yusuf Al-G‘anim Al-Bamanjiy al-Xatib, (548-hijriy) yili vafot etgan, At-Toj As-Subkiy “Tabaqat ash-Shofi’iya”da zikr qilgan”.
  2. Al-Hasan ibn Muhammad ibn Abu Ja’far al-Balxiy, Shofe’iy, qozi Abu al-Maaliy. Abu Sa’d ibn Samoniy u haqda rivoyat qilib, uni maqtagan va vafot etgan yilini hijriy 548 yil ekanini zikr qilgan.
  3. Al-Hasan ibn Masud al-Bag‘aviy, Abu Ali, Imom Al-Bag‘aviyning ukasi, Navaviy (676 hijriy) shofi’iy tabaqasida nomi zikr etgan. U akasidan fiqhni o‘rgangan.
  4. Muhammad ibn Asad bin Muhammad bin al-Husayn ibn Al-Qosim, Majdiddin, Abu Mansur, al-Attori Shofiiyning nabirasi sifatida tanilgan, Nishopur ahlidan, asli Tusdan, U o‘sha yerda G‘azzoliy huzurida fiqh ilmlarini o‘rgangan, din imomlari va ko‘zga ko‘ringan fiqh olimlaridan bo‘lgan, “Maolim at-tanzil” va “Bag‘aviyning sunnat tafsiri” kitoblarini rivoyat qilgan.Imom Bag‘aviy besh yuz o‘n oltinchi yil Shavvol oyida Xurosonning Marv ar-ravd shahrida vafot etdi va shayxi Qozi Husaynning yoniga dafn qilindi. Imom Bag‘aviy yetmish yildan ziyod umr ko‘rdi.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Xasanov Husniddin

 

429440cookie-checkBuyuk mufassir imom Bag’aviy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: