Muoz ibn Jabal r.a ansorlardan bo’lib, Madinada 18 yoshida islomni qabul qildi. U zot o’tkir zehnli, fahm-farosatli va gaplari tiniq inson edi. Nabiy s.a.v Madinaga kelganlaridan keyin, u zotdan ajralmay ilm o’rgandi.
Bir kuni Nabiy alayhis salom u zotga “Ey Muoz Allohga qasamki men seni yaxshi ko’raman”, dedilar. E’tibor bering Nabiy alayhis salomning shu ikki og’iz so’zlari har qanday musulmon uchun dunyo va undagi ne’matlardan yaxshiroq. U zot r.a sahobalarichida eng faqihlaridan biri edilar. Rasululloh s.a.v aytadilar “Ummatim ichida ummatimga eng rahmlisi Abu Bakr, Allohning amrida shiddatlisi Umar, eng hayolisi Usmon, halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”…- Toshkent islom instituti talabasi Xamidullayev No’monxon





