islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Blog

Bag’doddagi Muntasir madrasasi

Muntasir madrasasi Abbosiylar saltanati davrida 1233-yilda Bag‘dodda Abbosiylar xalifasi Al-Mustansir Billah tomonidan asos solingan qadimiy maktab bo‘lib, muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lgan. Bag‘dodning Rusafa tarafida joylashgan.

“Muntasir madrasasi” Nizomiyya madrasasi yonidagi “Xalifalik saroyi” yonida, Dajla daryosi sohiliga qaragan 4836 kvadrat metr maydonda qurilgan. Madrasa oʻrtasida Mustansiriya madrasasi joylashgan katta favvora bor edi…- Toshkent islom instituti talabasi Dosmatov Kamoliddin

Sulton Hasan masjid-madrasasi

Sulton Hasan masjid-madrasasi — Qohiraning tarixiy tumanidagi Salohiddin maydonida joylashgan boʻlib, 1356—1363-yillarda mamluklar sultoni boʻlmish Sulton an-Nosir Hasan tomonidan qurilgan meʼmoriy yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Majmua masjid, madrasa va Sulton Hasan maqbarasidan iborat. Masjid oʻzining ulkan oʻlchami va innovatsion meʼmoriy tarkibiy qismlari bilan ajoyib hisoblangan va bugungi kunda ham Qohiradagi eng taʼsirchan tarixiy yodgorliklardan biri hisoblanadi…- Toshkent islom instituti taabasi Fayzullayev Sulaymon

Тошкент ислом институти ректори Россиядаги конференцияда маъруза билан иштирок этди

1-3 ноябр кунлари Қозон шаҳрида «Россиядаги мусулмонлар жамоасининг постсовет давридаги ривожланиш натижалари» номли Бутунроссия илмий-теологик конференцияси бўлиб ўтмоқда.
Тошкент ислом институти ректори, сиёсий фанлар доктори, профессор Муҳаммадолим домла Муҳаммадсиддиқов мазкур конференцияда иштирок этиш учун Россия Федерациясида бўлиб турибди…- ТИИ Матбуот хизмати

Ibn Rushd (Averroes) (1126—1198)

Ibn Rushd Ispaniyaning Kordova shahrida yuridik va davlat xizmatida uzoq va hurmatga sazovor bo‘lgan oilada tug‘ilgan. Uning bobosi, nufuzli Abdul-Valid Muhammad (vaf. 1126) Almoraviylar sulolasi davrida Kordovaning bosh qozisi boʻlib, oʻzining umrini huquq metodologiyasi va turli yuridik maktablar taʼlimotiga bag’ishlagan. Ibn Rushdning otasi Abdulqosim Ahmad, garchi bobosidek hurmatga sazovor boʻlmasa-da, 1146-yilda Almoraviylar Almohodlar sulolasi tomonidan quvib chiqarilgunga qadar bir xil lavozimda ishlagan…- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin