YUNESKO ma’lumotlariga ko’ra, dunyodagi birinchi oliy o’quv yurti Al-Qaraviyyin universiteti hisoblanadi. Bu muassasa 859-yilda Fotima al-Fihriy ismli badavlat musulmon ayol tomonidan Marokashning Fez shahrida asos solingan va keyinchalik u musulmon tarixida etakchi maʼnaviy va maʼrifiy markazlaridan biriga aylangan. Dastlab bu markazda matematika, grammatika, astronomiya kabi katta ahamiyatga ega bo’lgan turli fanlar o’qitilgan. Matematika, falsafa kabi muhim fanlar bo’yicha ko’plab olimlar bu universitetga jamlangsnlar va uning o’sishiga hissa qo’shganlar. Keyinchalik yillar davomida bu markaz asta-sekin o’sib, butun islom olamidagi eng muhim universitetga aylangan…- Toshkent islom instituti talabasi Buriboev Abdulvohid





