islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Muhammad Ibn Salom Poykandiy va Imom Al-Buxoriy

Imom Buxoriyning Buxorolik ustozlaridan biri Muhammad Ibn salom Poykandiy va Imom Buxoriy o’rtasidagi munosabatlarni yoritib beruvchi bir necha misollar:

Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy dedi: Bir kuni menga ustozim Muhammad Ibn Salom Poykandiy: Meni kitoblarimni bir ko’zdan kechiring agar unda biron xato topsangiz belgilab qo’ying dedi. Shundan keyin Muhammad Ibn Salom hadislarni yozganida Imom Buxoriy tekshirib, ma’qullagan  hadislar oldiga “ma’qulladi”, ma’qullamagan zaif hadislar oldiga esa “ma’qullamadi” deb yozib qo’yar edi. Poykandiyning sheriklari undan “maqullagan kim?” deb so’rashganida, Poykandiy: U o’xshashi yo’q yigit Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy deb javob berdi.

Solim Ibn Mujohid aytadi: Muhammad Ibn Salom Poykandiyni huzuriga kirganimda u menga biroz oldinroq kelganingda edi yetmush ming hadis yodlagan yigitni (Imom Buxoriy) ko’rar eding dedi. Men uni ortidan qidirib, topdim va unga sen yetmush ming hadis yodlaganmisan dedim. U yigit: Ha balki bundanda ko’proq. Agar biror sahoba yoki tobeindan xabar aytsam, uni tug’ilgani, vafoti va yashagan makonlarigacha bilaman. Agar biror sahoba yoki tobeindan hadis rivoyat qilsam unga Qur’on va hadisdan dalilini ham bilaman dedi.

Bir kuni Muhammad Ibn Salom Poykandiy huzuriga Imom Al Buxoriy kirib, biroz muddatdan keyin chiqib ketdi. Shunda Poykandiy: Har gal shu yigit (Imom Buxoriy) huzurimga kirganida  o’zimni yo’qotib, chiqib ketgunicha xato qib qo’yishimdan xavfsirab turaman dedi.

Toshkent islom instituti talabasi

AbdurRohman Mansur

412120cookie-checkMuhammad Ibn Salom Poykandiy va Imom Al-Buxoriy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: