islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Noyabr 19, 2023

Day

Muhammad Ibn Salom Poykandiy va Imom Al-Buxoriy

Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy dedi: Bir kuni menga ustozim Muhammad Ibn Salom Poykandiy: Meni kitoblarimni bir ko'zdan kechiring agar unda biron xato topsangiz belgilab qo'ying dedi. Shundan keyin Muhammad Ibn Salom hadislarni yozganida Imom Buxoriy tekshirib, ma'qullagan  hadislar oldiga "ma'qulladi", ma'qullamagan zaif hadislar oldiga esa "ma'qullamadi" deb yozib qo'yar edi. Poykandiyning sheriklari undan "maqullagan kim?" deb so'rashganida, Poykandiy: U o'xshashi yo'q yigit Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy deb javob berdi...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur