“Dunyo millatlariga qaralsa koʻrilurki, muntazam maktablari bor va ularda avvalo diniy bilim ustiga dunyony ilm va fan oʻqitulur. Zeroki, dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilmni bilmoqlik darkordir. Zamona ilmini bilmagan millat boshqa millatlarga poymol boʻlur” – degan edi Mahmudxo‘ja Behbudiy.
Ma’rifatparvar yozuvchi, drammaturg Behbudiy 1875-yilyilning 19-yanvarida Samarqandning Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan. To‘liq ismi Mahmudxoʻja ibn Behbudxoʻja ibn Mullo Mirzo Abdulmajid. Otasining nasabi Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Avvalgi saboqlarini otasidan, undan keyin Buxoro madrasasida oladi. Oilaviy muhit uning yozuvchilik bilan bogʻliq hislatlarining boshlang‘ich kurtaklari hisoblanadi. 1899-yilda haj ziyoratiga borib, ziyorat asnosida Turkiya va Misr davlatlariga ham borib, u yerdagi yangilanishlar guvohi boʻladi. – Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Muhammadamin GʻIYOSIDDINOV





