islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

Moturidiy maktabining rivojlanish tarixi

Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so`zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko`payib ketgan va ular o`zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko`pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so`z ko`pchilik qulog`iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi)...- Toshkent islom instituti talabasi Abdusattoriy Abdulloh

Halollik

Jazoirlik jurnalist Hadicha bint Qino aytadi: "Amerika Qoʻshma Shtatlariga borganimda baʼzi narsalar kerak boʻlib supermarketga kirdim. Olgan narsalarimni hisoblatish uchun kutib turganimda bir muslima ayol katta bir qutini sudrab kirib keldi. Yukning ogʻirligidan ayolning charchagani shundoq koʻrinib turardi.  Aftidan qutidagi narsa somon yanchiydigan uskuna edi. Ayol hisobchining oldiga borib dedi...- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammad

Қози Иёс ва бир хоин воқеаси

Уммавий халифаларнинг саккизинчиси Умар ибн Абдул Азиз раҳматуллоҳи алайҳ Иёс ибн Муовия раҳматуллоҳи алайҳни Басрага қози этиб таъйинламоқчи бўлганида, дастлаб у киши хоҳламаган. Қози бўлмаслик учун турли баҳоналарни қилиб кўрган. Халифа ҳам ўта фаросатли зот бўлгани учун юртимга адолатли, ҳақдан тоймайдиган кишини қози қилмасам, кўнглим хотиржам бўлмайди деб, сўзида қаттиқ туриб олиб, охири уни қози этиб таъйинлаган. Ҳа, ҳақиқатда Халифа ҳазратлари адашмаган экан. Халқ у киши танлаган қозидан мамнун эди...- Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси Баҳодир Баҳромжон ўғли

Aliy Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh

To'liq ismlari: Abul Hasan Aliy ibn Abdulloh Ibn Ja'far ibn Najiyh ibn Bakr ibn Sa'd. Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh hijriy 161-yilda (milodiy 778-yil) Basrada tavallud topganlar va shu yerda ulg'ayganlar. Oilalarining ildizi esa Madinayi Munavvaraga borib taqaladi...- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammad

Arab tili haqida 20 ta qiziqarli ma’lumot

Arab tilining qonun-qoidalari tizimi – nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariy muhim oʻrin egallaydi. Arab tilshunosligiga oid asarlar ajdodimiz ulug alloma Mahmud az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Ulug’ oliming arab grammatikasiga oid  ”Al-Mufassal fin-nahv“ (1121-yil)nomli asarini  Makka shahrida yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. Bu asar arab tili nahvi sarfini mukammal o’rganishda eng muhim manbalardan biri sifatida azaldan Sharda ham, G’arbda ham shuhrat topgan va g’yatda qadrlanadi...- ”Tillar“ kafedrasi katta oqituvchilari Faxriddin Yernazarov va Komilxon Boqiyevlar
1 107 108 109 110 111 731