Islom shariati hech bir insonning haqini zoye qilmaydi. Meros ilmi ham insonlarning haqini himoya qilishdir. Meros ilmi – fiqh ilmining boblaridan bir bobdir. Uning fazilati ulug‘ bo‘lgani sabab, ulamolar fiqhdan ajratib olib alohida e’tibor bilan o‘rganishadi. - Toshkent islom instituti talabasi Sadriddin ABDUKARIMOV
Ahli sunna e'tiqodiga ko‘ra, Alloh taoloning hayot, iroda, qudrat va kalom sifatlari singari ilm sifatini Uning haqiqiy, azaliy sifatlaridan biri ekaniga imon keltirishimiz lozim bo‘ladi. Ilm deganda, bilinishi mumkin bo‘lgan narsalarni aniq-ravshan qilib ochib beradigan sifat tushuniladi. Bu sifat bandalarga nisbat berilganda oldin ma'lum bo‘lmagan yoki aniq bo‘lmagan narsalarni aniq-ravshan qilish ma'nosi nazarda tutiladi. - Toshkent islom instituti magistranti Muxlisa NARZULLAYEVA
Alloh taolo bandalarining abadiy saodat-farovonlikka erishishlari uchun hayot taqvimida rahmat va mag’firatga to’la, ruhimizni oziqlantiradigan ayrim ma’naviy mavsumlarni belgilab qo’ygan. Ularning ichida eng barakotlisi shubhasiz, muborak Ramazon oyidir. Ushbu oyda bizga hidoyat manbai bo’lgan Qur’on nozil qilingan. - Toshkent islom instituti talabasi Munisa GIYOSOVA
Bugungi kunda moddiy farovonlik ichida yashayotgan Po‘lat hayotidan mamnun emas edi. Ramazon oyida uyida ayoli tayyorlab bergan iftorlik ham uning dilini xira qildi. Dasturxondagi taomlarga qarab, «iftorlikka durustroq narsa tayyorlasanglar bo'lmaydimi?», deb hafsalasizlandi. Ayolining va ikki qizining urinishlarini qadrlamay, qo'pol ohangda bir-ikki gap aytib, jahli chiqqan holda joyiga borib yotdi. U norozi kayfiyatda yotib, iftorlikning unga yoqmaganidan o‘zicha nolidi. Ko‘ngli xotirjam bo‘lmagan holda, uxlashga harakat qildi. - Toshkent islom instituti talabasi Anvar XUJAXANOV