1970-yilda dotsent, 1975-yilda professor, 1977-yilda esa Shariat fakulteti dekani lavozimiga tayinlanib, 1993-yilgacha bu lavozimda ishlaydi. U arab, kurd, turk va ingliz tillarini yaxshi bilgan. Akademik faoliyati davomida u kitoblari, televideniya, radio va internet orqali keng ommaga diniy ta’lim yetkazgan. Uning Damashqdagi yirik masjidlardagi va’zlari ko‘p sonli kishilarni jamlagan. Yevropalik tadqiqotchi Andreas Christmann ta’kidlaganidek, diniy amallarga rioya qilmaydigan hatto musulmon bo‘lmagan kishilar ham uning ma’ruzalariga qiziqish bildirgan[2]. 2005-yilda Dubay Qur’on Xizmat Kengashi uni “Namunali Islom Olimi” deb e’tirof etgan. 2012-yilda esa Iordaniya Qirollik Akademiyasi tomonidan tuzilgan eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatida 22-o‘rinni egallagan. Muhammaddiyor MO‘MINOV, TII 402-guruh talabasi
Har bir davr o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, ularning har biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishi va tafsirida bevosita rоl o‘ynagan. Shunday qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlarini bosqichma-bosqich o‘rganish, bu muqaddas yo‘lni yoritib, Qur’oni karim oyatlarini chuqurroq anglash, hadislarning ma’no va mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Har bir davr – Makka va Madina bosqichlari – Islom dinining shakllanishi, mustahkamlanishi va butun insoniyatga yoyilishi yo‘lida bebaho saboqlarni o‘zida mujassam etgan. Bu davrlar faqat tarixiy tafsilot emas, balki hayotiy yo‘l-yo‘riq, axloqiy mezon va ruhiy tarbiya manbai sifatida biz musulmonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammaddiyor MO‘MINOV, TII 4-kurs talabasi