islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oktabr 31, 2023

Day

Yog’och qayiq

Bir savdogar kunlarning birida tijorat maqsadida boshqa shaharga safar qilishni xohlagan edi. Lekin pullarini barchasini to’plab hisoblasa, ular juda oz ekan. Shunda u savdogar bir kishini oldiga borib, undan ming dinor qarz berib turishini so’radi. U kishi savdogar biror odamni kafil va vakil qilib keltirishi sharti bilan rozi bo’ldi. Lekin u kishi : "Sen rostgo’y kishisan Alloh sen uchun vakil va kafil bo’lsin" deb, pulni unga berib, qarzni to’lashlik uchun bir kunni belgiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Meliboyev Abdulbosit

Ўз меҳнатидан нон еган киши, Ҳотам миннатидан озод ёз-қиши

Қаноатнинг фазилати хақида Саъдий Шерозий “Гулистон” асарида бир ҳикоя келтиради. Ҳотам Тойидан: "Ўзингдан кўра сахийроқ, бирон одамни ҳеч кўрганмисан, ёҳуд эшитганмисан?" деб сўрадилар. Ҳотами Тойи жавоб берди: "Ҳа, кўрганман, бир куни араб амирларини зиёфат қилиш учун 40 туя сўйгандим. Иттифоқо бир зарурат билан саҳрога чиқишимга тўғри келди. У ерда чўп-чумак териб дасталаётган ўтинчини кўрдим....- Тошкент ислом институти талабаси Икромов Шерислом

Ma’rifat chirog’i – Hazrat domla Xonaqohiy

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Marg‘ilonda yashab, ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan bir qator allomalar va tasavvuf shayxlari nomini keltirish mumkin. Chunki bu davrda Marg‘ilonda ko‘plab shariat olimlari va yetuk mutasavviflar istiqomat qilib, ilm-fanning turli sohalariga doir, jumladan, fiqh, siyra, tarix, adabiyotga oid turli mazmun va shaklda ko‘plab nodir asarlar yaratganlar. Shunday zotlardan biri bu buyuk alloma, tasavvuf shayxi Muhammad Yusuf Xonaqohiy Hazrat Hazin Marg‘inoniydir...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin