islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qaraviyn universiteti

Qaraviyn masjidi yoki Qaraviyn universiteti — Marokashning uzoq shimoli-sharqidagi Fas shahrida joylashgan masjiddir. “Masjid qurilishi hijriy 245-yil Ramazon oyining avvalida nihoyasiga yetgan (milodiy 30-noyabr, 859-yil). Idrisiylar podshohi Yahyo I va oʻgʻillarining onasi Fotima al-Fihriyya uni qurishga ixtiyoriy ravishda qatnashganligi va qurilish ishlari tugaguniga qadar roʻza tutganligi va u yerda Allohga shukronalik o’laroq namoz oʻqiganligi haqida rivoyatlar bor. Va yana Fotima al-Fihriyya bu masjidni qurish uchun o’zining bor budini ayamagan. Shahar ahli va uning hokimlari masjidni kengaytirish, qayta tiklash ishlarini olib borishda davomli bo’lishgan. Zenatiya amirlari Andalusiya Umaviylari yordamida masjidni yana 3000 kvadrat metr atrofida kengaytirishgan, ulardan keyin Murobitiylar yana bir kengayishni amalga oshirganlar.

Masjiddagi keng to’rtburchak minora Abdurahmon al-Nosirning ishchilari bo’lgan, Zenatiy amirlari universitetni kengaytirgan kundan boshlab hozirgacha mavjud. Bu minora G’arbiy arab mamlakatlaridagi eng qadimgi to’rtburchak minoradir.

Murobitiylar masjidga qoʻshimchalar kiritdilar va ular arxitekturasi, bezaklari va qurilishida soddaligi bilan ajralib turadigan masjid shaklini oʻzgartirdilar, lekin ular uning umumiy xususiyatlarini saqlab qoldilar. Gumbaz yasashda, ark qoʻyishda, Qurʼon oyatlari va duolarni oʻyib yozishda meʼmorlarning mahorati yaqqol aks etgan. Masjidda Murobitiylardan qolgan eng koʻzga koʻringan narsa bu minbar boʻlib, u hozir ham mavjud. Murobitiylardan keyin Muvahhidlar Fas masjidini bugungi kungacha bezab turgan ulkan qandil bilan ziynatlaganlar.

Qaraviyn masjidining oʻn yettita eshigi va ikkita yon taraf binolari bor. Bu ikki bino masjid oʻrtasida joylashgan hovlining ikki tarafidan birlashib turadi.  Har bir binoda marmardan yasalgan tahoratxonalar mavjud bo’lib, ularning dizayni Andalusiyadagi Qizil qasrning Arslonlar mahkamasi dizayniga o’xshaydi.

Masjid zarur ob’ektlar bilan jihozlanish borasida ko’proq tanilgan, shuning uchun u ko’plab qandillar, quyosh va qum soatlari bilan bezatilgan. Shu bilan birgalikda, masjidda qozi uchun xona, keng mehrob, kitoblar va mus’haflar uchun javonlar tashkil etilgan. Umuman masjid me’moriy dizayni o’zida, Andalusiya me’moriy dizaynini aks attiradi.

Masjid qurilgandan so‘ng u yerda ulamolar ko’plab ilm halqalarini tashkil etishdi va ularning atrofiga ko‘plab ilm toliblari to‘planishdi. Shaharning turli hokimlarining masjidga bo‘lgan katta qiziqishi tufayli Fas ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. Qurtuba va Bag’doddagi mashhur ilmiy markazlar bilan raqobatlasha oladigan darajagacha yetdi.

Qaraviyn masjidi Murobitiylar davrida masjid bosqichidan universitetning boshlang’ich bosqichiga o’tgan, o’shanda ko’plab olimlar masjidni o’z darslari uchun bosh qarorgoh sifatida qabul qilganlar.  Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, Qaraviyn masjidi Mariniylar davrida haqiqiy universitet bosqichiga o’tgan, o’shanda uning atrofida ko’plab maktablar qurilgan. Universitet o’quv kurslari va xazinalar bilan qo’llab-quvvatlangan.

         Universitetning hozirgi holati:

 2015-yil 24-iyun kuni Al-Qaraviyn universitetini qayta tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi va yana qarorda universitet qoshidagi muassasalar va unga qarashli bo’ladigan institutni ham qaytadan tashkil etish ko’rsatilgan edi. Qirol qo’l ostiga kiruvchi bu universitet “Vaqf va islom ishlari” vazirligidan “Oliy ta’lim, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash” vazirligiga o’tkazildi. Universitet ixtisosligi diniy kadrlar tayyorlash, ilmiy bahslar qilish, imom-xatiblar malakasini oshirishga mo’ljallandi.

 Universitet tarkibi va bakalavriat darajalari:

 Universitet hozirda beshta fakultet va Al-Qaraviyn universitetiga qarashli bir guruh muassasalarni o’z ichiga oladi. Jumladan:

  1. Qaraviyn masjidi
  2. Qirol Muhammad VI qiroat instituti
  3. Qirol Muhammad VI erkaklar va ayollar uchun diniy xodimlar tayyorlash instituti
  4. Kasablankadagi islom tafakkuri va svilizatsiya instituti
  5. Marokash tarixi bo’yicha qirollik instituti
  6. Qur’on ta’limi madrasasidan tashkil topgan.

 Bu institutlarning hammasi maxsus ruxsatlar asosida Qaraviyn universiteti tasarrufiga kirgizilgan.

Toshkent islom instituti

404-guruh talabasi

Muhammad Sultanov

380320cookie-checkQaraviyn universiteti

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: