Mo`minlarning onasi Hadicha bint Xuvaylid Quraysh qavmidan bo`lganlar. U kishi “Fil voqeasi”dan o`n besh yil oldin Makkada tavallud topganlar. Otasining ismi Xuvaylid, onasi Fotima bo`lgan. Uning ota tomondan nasabi Qusayda Payg`ambarimiz nasabi bilan bog`lanadi. Ona tarafidan Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan katta bobolari Luayda birlashadi. Qavmining eng boy ayollaridan edilarlar. O`sha vaqtdagi fozila qizlarda topilishi kerak bo`lgan barcha sifatlar bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Sadriddin Abdukarimov
Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘nta jannat bashorat berilgan buyuk sahobalarning biri, Xulafoi roshidinlarning ikkinchisi, Payg‘ambarimiz alayhissalomning eng suyukli sahobalaridan biridirlar. U zotning to‘liq ismlari Abu Hafs Umar ibn Xattob ibn Nufayl Al-Adaviy Al-Qurashiydir. Rasuli Akram alayhissalom Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni “Foruq” – “haq ila botilni ajratuvchi”, – deb aytganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Davronova Zebiniso
Abu Amr Hafs ibn Sulaymon ibn al-Mug'iyra al-Kufiy al-Bazzoz hijriy 90-yil, milodiy 709-yilda tavallud topgan. Hafs ibn Sulaymon Kufa shahrida tavallud topgan va o‘sha yerda yashagan. Bu davrda Kufa shahri ilm-ma'rifat markazlaridan bo‘lib, turli ilmlarda ko'plab olimlar yetishib chiqqan. Jumladan Abu Hanifa r.a, Ja'far as-Sodiq kabi yirik kufalik olimlar bilan zamondosh edi...- Toshkent islom instituti talabasi Islom A’zam
Poykand Buxoro va Amudaryo orasida joylashgan. Bu shahar hozirda mavjud emas. “Aqolim” (Iqlimlar) kitobi sohibi Abu Ishoq Al Forisiy shunday deydi: Movarounnahrning barcha shaharlarida ekinzorlar va qishloqlar mavjud. Lekin Poykand bulardan xoli bo'lgan. Shunga qaramasdan Poykand o’zining karvonsaroylari bilan mashhur. Ularning soni mingga yaqin. Movarounnahrning boshqa barcha shaharlarida bu sondagi karvonsaroylar bolmagan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurrohman Mansur
Muntasir madrasasi Abbosiylar saltanati davrida 1233-yilda Bag‘dodda Abbosiylar xalifasi Al-Mustansir Billah tomonidan asos solingan qadimiy maktab bo‘lib, muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lgan. Bag‘dodning Rusafa tarafida joylashgan. “Muntasir madrasasi” Nizomiyya madrasasi yonidagi “Xalifalik saroyi” yonida, Dajla daryosi sohiliga qaragan 4836 kvadrat metr maydonda qurilgan. Madrasa oʻrtasida Mustansiriya madrasasi joylashgan katta favvora bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Dosmatov Kamoliddin