islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Shayh ibn Hojib

Alloh taolo Qur’oni karimni insonlar hidoyat topishi uchun tushirdi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni esa bu Kitobni bayon qilib tushuntirib berishi uchun jo’natdi. Salafi solih sahobalar Qur’onga qattiq ehtimom bilan e‘tibor berardilar. So’zimizning dalili sifatida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “O’zidan boshqa iloh yo’q bo’lgan zotga qasamki, Alloh taolo Kitobidan qaysi bir oyat tushgan bo’lsa, men uni kim haqida nozil bo’lgan, qayerda nozil bo’lgan, bilaman...- Toshkent islom instituti talabasi Zikriyoyev Hojimurod

Ma’rifat chirog’i – Hazrat domla Xonaqohiy

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Marg‘ilonda yashab, ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan bir qator allomalar va tasavvuf shayxlari nomini keltirish mumkin. Chunki bu davrda Marg‘ilonda ko‘plab shariat olimlari va yetuk mutasavviflar istiqomat qilib, ilm-fanning turli sohalariga doir, jumladan, fiqh, siyra, tarix, adabiyotga oid turli mazmun va shaklda ko‘plab nodir asarlar yaratganlar. Shunday zotlardan biri bu buyuk alloma, tasavvuf shayxi Muhammad Yusuf Xonaqohiy Hazrat Hazin Marg‘inoniydir...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin

Абу Хафс Умар ан Насафийнинг “Ақоид ан Насафий” асарининг калом илмидаги ўрни

Ўрта асрларда турли илм соҳаларида фаолият олиб борган улуғ мутафаккир ва қомусий олимнинг асл исмлари Нажмуддин Абу Хафс Умар ибн Мухаммад ибн Ахмад ибн Исмоил ибн Али ибн Луқмон ан Насафий ас Самарқандийдир. У зотнинг „Нажмуддин“ яьни “Диннинг юлдузи“ лақабининг берилишига сабаб унинг ислом илмлари бўйича кўрсатган хизматларининг катта бўлганлигини кўрсатади. Бу улуғ аллома Қуръон Карим, ҳадис, ақида ва фиқҳ каби илмларни мукаммал билган, шеърият соҳасида қалам тебратган ва тафсир, ҳадис, калом, фиқҳ ва шеъриятга доир кўплаб асарларни мерос қолдирган...- Тошкент ислом институти талабаси Абдуллаев Абдулазиз

Imom Dorimiy “Sihohi sitta”ga kiritganmi?

Xofiz al-kabir Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy Samarqandiy ad- Dorimiy 182 xijriy Samarqand shahrida dunyoga kelgan. U zotning bobolari asli arab bo'lib, fath sababli Xurosonga ko'kb kelgan va shu yerni vatan tutgan...- Toshkent islom instituti talabasi Tursunov Abduqodir

Abdulloh ibn Mas’ud

To'liq ismlari Abdulloh ibn Mas'ud ibn Rofiya ibn Habib al-Xuzaliy. Kunyalari esa – Abu Abdurahmon bo'lib, 590- yilda tug'ilganlar. Jussalari juda kichik, ozg'in, bo'ylari pastroq edi. U kishining ikki boldirlari juda ingichka bo'lib, bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uchun meva termoqchi bo'lib daraxtga chiqqanlarida, sahobalar u kishining boldirlarini ko'rib, kulib yubordilar. Chunki, u kishining ikki boldirlari juda ingichka edi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ularga : "Ibn Mas'udning boldirlaridan kulyapsizlarmi, shubhasiz ular Allohning huzuridagi mezonda Uhud tog'idan ham vaznliroqdir"- dedilar...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilova Hilola
1 17 18 19 20 21 33