Ibn Hajar Asqaloniy Hijriy 773 yil –yil (Milodiy 1372-yil) Shaʼbon oyida Misrda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi. U taniqli muhaddis olim, shofe’iy mazhabi faqihi, aqidada ash’ariy boʻlgan ulamo, oʻz davridayoq shuhrat qozongan allomalardan biridir. Misrda bir necha marta qozilikka ta’yinlangan, soʻngra ijodiy ishlar sababli iste’foga chiqqanlar. Yuzdan ortiq asarlar muallifi. Uning “Sahihi Buxoriy”ga bitgan “Fath al-Boriy” asari juda mashhur. Ushbu muqaddima va asosiy qismga boʻlingan 13 ta jilddan iborat boʻlgan kitobni sunnat amallar qomusi desa ham boʻladi...- Toshkent islom instituti talabasi Komilov Abdullo
Abu Hurayra roziyallohu anhu 602-yilda tug'ilganlar va Yaman yerlaridagi Davs qabilasi maskanlarida yetim holatda ulg'aydilar. Tufayl Ibn Amr Davsiy islomga da'vat qilganlarida u zot da'vatni qabul qilib, islomni qabul qildilar. Hijriy 7-yilda qavmidan bir jamoa bilan birga Madinaga hijrat qiladilar. O'sha paytda yoshlari 18 da edi. Johiliyat davrida insonlar uni Abdushams deb chaqirishar edi. Alloh u zotni islom bilan mukarram etib, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqish baxtiga musharraf bo‘lganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz: "Isming nima?", deb so‘radilar. U zot: "Abdushams", deb javob berdilar. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Balki, Abdurrohman", dedilar. U zot bo‘lsa: "Ha, Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rosululloh", dedilar. Abu Hurayra deb atalishlarining sababi, u zot qavmini qo'ylarini boqib yurardilar, o'sha paytda u kishini o'ynab yuradigan mushuklari bor edi, shundan so'ng qavmlari uni "Abu Hurayra" deb atay boshlashgan...- Toshkent islom instituti talabasi Saidmirzaev Mirzaqosim
Asar muallifi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rohimahulloh "shayxul islom", "muftiy as-saqolayn"[1] nomlari berilgan, faqih, muhaddis, mazhabning mo‘tabar shaxslaridan bo‘lib, yurtimizdan yetishib chiqqan Nasafiy ulamolardan sanaladilar. U kishining tug’ilgan yillari borasida Sam’aniy rohimahulloh “al-Ansab” asarlarida: “Umar Nasafiy rohimahulloh hijriy 461 yoki 462- yili (milodiy 1068 yoki 1070-yili) Nasaf shahrida dunyoga kelganlar” deb zikr qilgan. Ilm talabidagi safarlari haqida ko`p ma`lumotlar aniq bo`lmasada, Buxoro, Bag`dod, Makka shahrlariga borganlari asarlarda zikr etilgan. Umrlarini oxirida esa Samarqand shahrida yashab, o`sha joyda hijriy 537-yili jumadul uvla oyining 12-kuni[2] vafot etganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev Nurmuhammad
Moliyaviy zulmga qarshi kurash ham jamiyatning boshqa illatlari qatori har davrning muhim muammolaridan hisoblanib kelgan. Sudxo`rlik (arabchada ribo) jamiyatning rivojlanishga to'sqinlik qiladigan eng katta omillardan biridir. Unga yo'l ochib bergan jamiyat o'z oyog'iga bolta urgan hisoblanadi. Sudxo`rlik jamiyat taraqqiyoti uchun juda ham xatarli bo'lgani sababidan ham uni o'rganish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi...- Toshkent islom instituti talabasi Nodirbek Nishonov
Ashraf Aliy Tahonaviy ulug’ muhaddislardan, ummat uchun juda ham zarur bo’lgan bir necha asarlar sohibi 1863-yilda Hind diyoridagi Tahona qishlog’ida, taqvoli ilm sohibi bo’lgan oilada dunyoga kelganlar. Nasablari Hazrati Umar roziyallohu anhuga boradi. Otalarining ismi Abdulhaq ibn Hofiz bo’lib, Tahona qishlog’ida, e’tiborli olimlardan bo’lgan...- Toshkent islom instituti talabasi Turg‘unboyev Isroil