islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 4, 2024

Day

Абу Зайд Дабусий давридаги асарлар

Абу Зайд Дабусий яшаган даврда Мовароуннаҳрда илм-фан ривожланаётган бўлиб, ҳанафий ва шофиъий мазҳаблари ўртасида илмий тортишувлар кучайган эди. Ҳанафий фақиҳлар, одатда оят ва ҳадисларга кам суянганликда танқид қилинганлари учун ўз мазҳаблари Қуръон ва Суннатга асосланганини кўрсатишга уринганлар...- Тошкент ислом институти талабаси Эргашев Орифжон

Fatvo va qazo oʻrtasidagi farqlar

Fatvo  إفتاء – يفتي – أفتي fe’lidan olingan bo‘lib “savolga javob berish” degan ma’noni bildiradi, u shar’iy savol boʻlsin yoki boshqa farqi yoʻq[1]. Sharʼiy maʼnosi: Fatvo adillai arbaʼa (toʻrt dalil): Oyat, Hadis, Ijmoʼ, Qiyosga tayanib chiqarilgan hukm. Istilohda esa “shar’iy savolga javob berishlik” dir[2]. Bu ma’no Qur’onda ham kelgan...- Toshkent islom instituti talabasi Mamadaliyev Akbarjon

Bilmayman deyish ilmning yarmi

Bugungi hayotimizda goh-gohida fatvo ilmini yaxshi bilmasdan fatvo berayotganlar uchrab turibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imom Dorimiy rivoyat qilgan hadisda: «Fatvoga jur’atli bo‘lganlaringiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», deganlar. Ya’ni bilib-bilmay, oxiri nima bo‘lishidan qo‘rqmasdan, havoyi jur’at qilib fatvo beraveradigan odam bu ishining oqibatida do‘zaxga kirishga jur’at qilgan bo‘ladi. Dastlabki musulmonlar avlodi fatvoning javobgarligini chuqur anglab yetganliklari tufayli, o‘zlaridan ilmliroq odam bor joyda jim turishni lozim bilganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Mahmudjonov Javohir

Buyuk mufassir imom Bag’aviy

Imom, hofiz, mujtahid, faqih, sunnatni qayta tiklovchi, Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Farro Bag‘aviy Shofe’iy Kitob va sunnati nabaviyni ixlos bilan o‘rganib, o‘rgatib, ular haqida kitob yozish bilan xizmat qilgan buyuk ulamolardan biridir. Farro: Mo‘ynali kiyimlar ishlab chiqarish va sotishga nisbatan ishlatiladi. Arab tilidagi Bag‘aviy so‘zining: “Bo”, “G‘o”, “Vov” harflari fatha bilan yozilib, bu Xurosonda Marv va Hirot o‘rtasidagi “Bog‘” va “Bog‘shur” nomli shaharga, nisbatan ishlatiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin

Mujtahid kim, mujtahidlik shartlari

Hukmlarni istinbot qilishda lozim bo‘lgan ilmlari bor bo‘lib, Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada zikr qilinmagan masalalarda ijtihod qilgan ulamolar, shuningdek jami fiqh masalalarini dalillari bilan bilgan, qo‘shimcha ravishda durust istinbot qila olish malakasi ham bo‘lgan odam “Mujtahid”dur....- Toshkent islom instituti talabasi Nodirbek Sodiqov
1 2