Буюк бобомиз Бурҳониддин Марғинонийнинг “Ҳидоя” асари ҳанафий мазҳабида ўта юксак қадрланадиган асар ҳисобланади. “Ҳидоя” асарига жуда кўплаб шарҳлар ёзилган бўлиб, бу шарҳлар орасида “Фатҳул Қодир” асари энг мўътабар шарҳ деб айтсак, муболаға бўлмаса керак. Ушбу шарҳнинг муаллифи бўлмиш Камол ибн Ҳумом ислом оламида ўз замонасининг буюк олимларидан бири ҳисобланади. Бу зот ҳанафий мазҳабининг энг кўзга кўринган фақиҳларидан ҳисобланадилар. У зотни таржиҳ аҳлидан ва ҳатто мужтаҳид ҳам дейилади...- Тошкент ислом институти талабаси Абдуллаев Ҳадиятуллоҳ
Abu Amr Hafs ibn Sulaymon ibn al-Mug'iyra al-Kufiy al-Bazzoz hijriy 90-yil, milodiy 709-yilda tavallud topgan. Hafs ibn Sulaymon Kufa shahrida tavallud topgan va o‘sha yerda yashagan. Bu davrda Kufa shahri ilm-ma'rifat markazlaridan bo‘lib, turli ilmlarda ko'plab olimlar yetishib chiqqan. Jumladan Abu Hanifa r.a, Ja'far as-Sodiq kabi yirik kufalik olimlar bilan zamondosh edi...- Toshkent islom instituti talabasi Islom A’zam
Doktor Shayx Muhammad Husayn az- Zahabiy rohmatullohi alayh 1915-yil 19-oktyabrda Misrning Kafr ash-Shayx gubernatorligining shimoliy qismidagi Motubas qishlog’ida tijorat va ziroat bilan kun ko’radigan oilada tug’ilgan. Otasi u zot yoshligida vafot etib ketgani sababli akasi Husayning tarbiyasida qoldi. Yoshligida Qur’onni to’liq yod oldi. O’qish va yozish talimni o’z qishlog’ida olgach, Desuq al-Azhariy diniy institutida o’rta talimni tamomladi. So’ng Qohiraga borib al- Azhar ash- sharifda o’qishni davom ettirdi..- Toshkent islom intituti talabasi Muxtorov Isroiljon
Sirojiddin O’shiyning to’liq ismi Abu Muhammad yoki Abulhasan Ali ibnUsmon bo’lib, laqabi Sirojiddindir. Manbalarda O’shiy nisbasi bilan birgalikda Farg’oniy, Taymiy, Shahdiy, Hanafiy va al Moturdiy nisbalar bilan tilga olingan. Olimning O’sh shahrida tug’ilgani va u yerda yashab ijod qilgani bois O’shiy nisbasi berilgan. Manbalarda Ali ibn Usmon O’shiyning tug’ilgan sanasi bilan bog’liq malumotlar uchramaydi... - TII talabasi Abdurazzoqxo`jaev Mashrabjon