Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi. Islom dinida,yani dinimizda oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oiladagi kelishmovchiliklarni oldini olish va oilaviy turmushda kelib chiqadigan barcha savollariga javob topish mumkin. Oilali bo‘lish insoniyat naslining ko‘payishi va qiyomat kuniga boqiy bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan haqiqiy yo‘ldir. Islom dinida nikoh-bu Alloh taoloning amri, Payg‘ambarimiz Muhammad Sallallohu Alayhi Vasallamning sunnatlari bilan, mo‘min-musulmonlarning guvohligida bog‘lanadigan muqaddas aloqa vositasidir. Umr yo‘ldoshini tanlashda har ikki tomon ham teng huquqga egadir.