Go’rkov shunday hikoya qiladi: kechadagidek yodimda. zudlik bilan peshinga qadar lahad qazishim buyurtmasi kelib tushdi. Soat chamasi 11:00 edi. Ko’p iltimos qilganlari va yosh navqiron yigit to’satdan o’lib qolganini aytganlari uchun rad eta olmadim. Ketmonni yerga urarkanman huddi saryog’dek tuproq o’yilayotganini ko’rib hayratlandim, g’ayratim kelib yarim soatda joyni tayyor qilgan edim. Bir muddat o’tmay lahadda yer yorilib Jannat bog’ini ko’rdim. Hushimdan ketibman, ustimda o’g’lim bir kosa suv bilan meni o’zimga keltirayotgan ekan. Ko’mdik. Hayot yana avvalgi izidan yurib ketti. O’sha voqeadan so’ng ancha o’ychan bo’lib qoldim. Allohning bu mo’jizasiga sazovor bo’lgan yigitning amali nima ekanki Jannat uning makoni bo’lsa.
Oradan roppa rosa bir yil o’tgandan so’ng shu voqea yana sodir bo’ldi. Yana lahad qaziyotganimda Jannat ko’rindi. Bu safar o’zimda kuch topib, so’rab surishtirib bordim. Bir mushtipar onaxonning farzandlari ekan bu ikki yigit. Avvaliga ayol o’g’illari haqida ma’lumot aytishga rozi bo’lmadi. Bo’lgan voqeani aytib bergan edim hursand bo’lib o’g’illarini jannatga yetaklagan amallarini aytib berdi. Katta o’g’li duradgor ekanligi topganini esa ukasini o’qishiga sarflab savobidan umid qilgani aytib berdi. Kichik o’g’li esa faqat Allohni roziligini istab ilm yo’lidan ketganini, ummat uchun xizmat qilishga bel bog’laganini ko’zda yosh bilan esladi ayol. Bu ikki dilbandidan ayrilgan ona aytgan gaplarimdan hursand bo’lganini va yarasiga malham bo’lganim uchun ko’pdan ko’p tashakkurlar aytib ayrildik.
Bu voqeadan katta xulosa olganimdan so’ng ilm olishga rag’batim ortib ketdi. Go’rkovlikni tashlab yoshim katta bo’lishiga qaramay ilm istab kettim. Allohni izni ila ilm ahli safidan joy oldim – deb hikoyani tugatadi go’rkov. U ilm istab yurtlar kezdi va katta olim shayxlardan bo’ldi.
Toshkent islom instituti Yashnarova.M