islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Vaqt bebaho ne’mat

O‘tayotgan har bir lahza inson hayoti va umrining bir qismidir. Ana shu o‘tayotgan kun qiyomat kuni foydasiga yoki zarariga guvohlik beradi. Shuning uchun musulmon kishi o‘tkazayotgan vaqtini sarhisob qilib borishi lozim. Har o‘tayotgan daqiqasidan nimadir foyda olib qolishi kerak.

Vaqtga e’tibor muhim bo‘lganidan, dinimizda ko‘plab toat- ibodatlar aniq vaqtga xoslab qo‘yilgan. Bir kunda ado etish lozim bo‘lgan besh vaqt namozga alohida vaqt tayin qilingan. Ularni jamlab bir vaqtning o‘zida ado etish aslo mumkin emas. Chunki ularni belgilangan vaqtida ado etish farzdir. Bu esa vaqtning ahamiyati naqadar muhim ekanini bildiradi.

Inson o‘tkazayotgan vaqti hisob-kitobli ekanini unutmasligi lozim. Qur’oni karimda bu haqda shunday xabar berilgan.

“Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini ham (egik, zaif) qilib qo‘yurmiz. Ahir, aql yurgizmaydilarmi?!”

Demak umr o‘tkazayotgan inson aql yurgizishi, amaldan ojiz qoladigan kun kelmasdan oldin xayrli amallarni qilib qolishga shoshilishi lozim.

Bo‘sh vaqtni g‘animat bilish kerakligi to‘g‘risida hadisi sharifda aytiladi:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “ikki ne’mat borki, ko‘p insonlar ulardan bebahra qolishgan, (Ular): Sog‘lik ba bo‘sh vaqtdir”,  dedilar.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Abdukarimov Sadriddin.

418006cookie-checkVaqt bebaho ne’mat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: