Ta’lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta’lim, tarbiyaning bir juz’idir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta’limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma’nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini yaxshilab o‘rganish asnosida u zotning nafaqat ibodatda, balki, jamiyki o‘rinlarda: xulq-atvor, muomala va ta’lim-tarbiya berishda ham namuna ekanliklarini bilib olamiz…- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin





