Bir kuni Majnun Layli mahallasiga bormoq uchun tuyaga minib yo’l oldi. Uning butun dardi, fikri-zikri Layli tarafda edi. Majnunning dardi bu bo’lgani holda, tuyaning dardi butunlay boshqa edi. Tuya ortda qolgan bo’talog’ini o’ylardi. Ayriliq zanjirini uzib uning yoniga borgisi kelardi.
Majnun hayoldan uyg’ongan mahallari Layli tarafga tuyani sudrar, yana hayolga g’arq bo’lgach esa tuya yo’lni bolasi tomonga burardi…- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muxriddin





