Abu Hurayra roziyallohu anhu 602-yilda tug’ilganlar va Yaman yerlaridagi Davs qabilasi maskanlarida yetim holatda ulg’aydilar. Tufayl Ibn Amr Davsiy islomga da’vat qilganlarida u zot da’vatni qabul qilib, islomni qabul qildilar. Hijriy 7-yilda qavmidan bir jamoa bilan birga Madinaga hijrat qiladilar. O’sha paytda yoshlari 18 da edi. Johiliyat davrida insonlar uni Abdushams deb chaqirishar edi. Alloh u zotni islom bilan mukarram etib, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqish baxtiga musharraf bo‘lganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz: «Isming nima?», deb so‘radilar. U zot: «Abdushams», deb javob berdilar. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Balki, Abdurrohman», dedilar. U zot bo‘lsa: «Ha, Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rosululloh», dedilar. Abu Hurayra deb atalishlarining sababi, u zot qavmini qo’ylarini boqib yurardilar, o’sha paytda u kishini o’ynab yuradigan mushuklari bor edi, shundan so’ng qavmlari uni «Abu Hurayra» deb atay boshlashgan…- Toshkent islom instituti talabasi Saidmirzaev Mirzaqosim





