Ashraf Aliy Tahonaviy ulug’ muhaddislardan, ummat uchun juda ham zarur bo’lgan bir necha asarlar sohibi 1863-yilda Hind diyoridagi Tahona qishlog’ida, taqvoli ilm sohibi bo’lgan oilada dunyoga kelganlar. Nasablari Hazrati Umar roziyallohu anhuga boradi. Otalarining ismi Abdulhaq ibn Hofiz bo’lib, Tahona qishlog’ida, e’tiborli olimlardan bo’lgan.
Otalari Ashraf Aliyni yoshliklaridan ilmga mashg’ul qilganlar, o’zlari ham ilmga juda muhabbatli bo’lganlar. Besh yoshga yetganlarida onalari olamdan o’tgan, shundan so’ng otalarining qaramog’ida qolganlar
Ashraf Aliy Qur’oni Karimni Merat shahrida Husan Aliy degan zotdan yod olganlar. Boshlang’ich arabiy kitoblarni Tahonabonga kelib, Mavlono Fath Muhammadda o’qidilar.Tog’alarini qo’lida fors tilini mukammal o’rgandilar. Hazrat 18 yoshida ‘’Masnaviyi zeri bum” degan birinchi she’riy kitob yozadi.
Amakilarining ayollari aytishicha, Tahonaviy hazratlari tahajjud nomozini qoldirmas, qishning uzun, yozning qisqa tunlarida ham uyg’otgani kirganlarida u kishi o’rinlarida bo’lmas, masjidda tahajjud o’qirdilar. O’n besh yoshlariga to’lganlarida Debandga borib, o’sha yerdagi madrsaga o’qishga kiradilar. Bu yerda besh yil tahsil olib yigirma yoshida o’qishni bitiradilar. Devbanddagi tahsildan so’ng bir necha ulamolarga shogird tushganlar. Hadis ilmini muhaddis ulamolaridan Shayxul Hind mavlono Mahmud Hasan Devbandiy, fiqhni esa faqih ulamolaridan Manfat Aliy Devbandiydan ilm olganlar. Shuningdek, U kishini uztolari, movlono Sayyid Ahmad Dehlaviy, mavlono Muhammad Ya’qub Nonutviy, Shayx Mahmuddan, Muhammad Abdulloh Almuhajiril Makkiydan ta’lim olganlar
Devbandda o’qib yurgan davrlarida bu zotning zakovati, farosati, nutqi kuchli bo’lganki, o’sha zamon yahudiylari musulmon olimlarini muzokaraga chaqirganida Tahonaviy hazratlari ularni ilmda bir necha bor mot qilgan ekanlar. O’zlari: “O’qishni bitirib din xizmatiga kirganimdan keyin bu tortishuvlarni tashladim”, deydi.
Tahonaviy hazratlarida barcha husni xulqlar jamlangan edi. Muloyim, kechirimlihamda ilm sohibi va hakimul ummat nomi bilan nomlangan edilar. Bu zot o’zlari to’g’risida gapirganlarida aytadilarki, “Katta dushmanim ham biror narsada aziyat chekishini xohlamayman”, Husni xulqning eng yuksak cho’qqisi ham shunda. Chunki “ Payg’ambar alayhissalomdan “Musulmon odam kim?” deya so’raganlarida, U zot : “Musulmon odam uning tiliyu qo’lidan boshqalar omonda bo’lgan odamdir”, deganlar”. Biror kishi bilan so’zlashmoqchi bo’lsalar, u shogirdlari bo’ladimi, ustozlari bo’ladimi, oddiy xalqmi aslo oldilariga chaqirmay, aksincha, o’sha odamning huzuriga borib so’zlashar, o’zlarini shunchalik tavozeda tutar ekanlar.
Tahonaviy hazratlarida vafotlaridan taxminan besh yil oldin oshqozon va jigarlarida bir necha kasalliklar, turli a’zolarida shishlar paydo bo’ldi.
Harchand muolaja qilinsa ham, ishtaha deyarli to’xtadi, to’shakga mixlanib qoldilar. Ko’pincha mudrok holatida bo’lar edilar. Lekin hushlariga kelgach yana orifona hikmatlar so’zlar edilar.
Bemorlikning so’ngi kunlari ham tugadi. Hazrat 1943-yil 19-iyuldn 20-iyulga o’tar kechasi Devbandda vafot etdilar. O’zi tug’ilgan Tahonabonda dafn qilindi. Hazratning mingdan ziyod asarlar sohibi edi. Ashraf Aliyning farmonlari va diniy ta’lumotlari hatto ko’plab raqiblar tomonidan ham obro’li deb topilgan.
Toshkent islom instituti talabasi
Turg‘unboyev Isroil