Moliyaviy zulmga qarshi kurash ham jamiyatning boshqa illatlari qatori har davrning muhim muammolaridan hisoblanib kelgan. Sudxo`rlik (arabchada ribo) jamiyatning rivojlanishga to’sqinlik qiladigan eng katta omillardan biridir. Unga yo’l ochib bergan jamiyat o’z oyog’iga bolta urgan hisoblanadi. Sudxo`rlik jamiyat taraqqiyoti uchun juda ham xatarli bo’lgani sababidan ham uni o’rganish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Davlatlar sudxo`rlik jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilgani uchun unga qarshi jiddiy kurashgan, ba’zilari esa ribo bilan muomala qilishni uzul-kesil man qilgan. Ribo bilan kurashish qadimgi asrlar iqtisodiyotida ham muhim masalalardan hisoblanib kelgan.
Doktor Mahmud Orif Vahba 1980-yil “Al-muslim al-muosir” jurnalining 23-sonida “Iqtisod fikrida foyda nazariyalari” nomli maqolasida qadimgi xalqlar davlatchiligi urf yoki qonunchiligida mavjud bo`lgan riboviy muomala ko`rinishlarini keltirib o`tgan. Jumladan:
Misrda fir’avnlar davrida
Fir’avnlar davridagi Misrda qarz va tijorat muomalalaridagi foidaning bahosi 100% ga yetgan edi. Hukumatning o’zi ham qarz masalalarida ribo bilan amaliy shug’ullanar, hatto ibodatxonadagi kohinlar ham riboga sho’ng’ib ketgan edi.
Yunon tarixchisi Teodor yigirma to’rtinchi fir’avn Buxuris joriy qilgan qonun haqida aytadi: “Riboning muddati qancha cho’zilsada dasmoyadan o’tib ketmasligi kerak. Bu qadimgi Misrda riboning keng tarqalganiga dalolat qiladi.”
Misrda yashovchilar qaysi millat bo’lishlaridan qat’iy nazar misrlikmi, yahudiymi, yunonmi yoki rimlikmi ribo bilan shug’ullanishni mol davlat to’plash uchun kasb qilib olgan edi.
Misrdagi yahudiylar o’zaro ribo bilan muomala qilishar edi. Bu haqida ustoz Chir Cover yozishicha Misrdagi yahudiylar Tavrot ta’limiga zid ravishda ellinizm qonunlariga muovfiq tarozida to’g’ri o’lchamas va o’zaro ribo bilan muomala qilar edilar.
Bobil madaniyatida
Bobil qadimgi sharq davlatlari ichida tijoratda muhim o’rin tutgan katta davlat bo’lgan. Ribo tijorat bilan yonma-yon yurdigan asosiy omillardan hisoblangan. Dindor kishilar ham ribo evaziga qarz berishar edi. O’rtacha foyda pullarda 30%, bug’doy va arpada 50% atrofida bo’lar edi. Insonlar bunday holatlarga oddiy qarashar, bundan ziyoda bo’lsa o’zlarining urfida ribo fahsh deyishar edi. Foyda ba’zan 120% , ba’zan esa 240% ga ko’tarilib riboning xunik oqibatlari jiddiylashib ketar edi.
Taxtga Hammurapi kelgach birinchi qilgan ishi riboda muammo keltirib chiqarayotgan qonun-qoidalarni tartibga solish bo’ldi. Unda riboning foydasi qanday vaziyat bo’lsada olgan qarz baroboridan ziyoda bo’lmasligi kerak. Bu bilan ba’zi holatlarda 450% ga ko’tarilib haddidan oshishga chegara qo’yildi.
Hamuropiyning qonuni foydani ko’tarishda haddidan oshgan ibodatxona kishilariga qaratilgan bo’lib, ular har oyda olishgan foydani yillik 20% ga tushirdi.
Qadimgi Hindiston madaniyatida
Qadimgi Hindiston madaniyatida ribo muomalasini tushinish uchun qadimgi hind mintaqasida hind jamiyatida qadimdan yuzaga kelgan tabaqalanishni bilish kerak. Ularda boshqalardan ajrab turadigan to’rtta ijtimoiy tabaqa mavjud:
- Brahmanlar ya’ni kohinlar tabaqasi.
- Kshatriy, ya’ni jangchilar.
- Vaysh tabaqasi, ya’ni kohinlar va muhoriblarga yashash sharoitini yaratib beradigan dehqon va savdogarlar tabaqasi.
- Shudra tabaqasi. Bular oq qilinganlardan iborat eng past tabaqa bo’lib, ularning mu’ayyin ishi yo’q, jamiyat ham ularni tan olmaydigan va yuqoridagi uch tabaqaning xizmatida bo’lgan.
U yerning amaldagi qonunlari brahman va akshtariyya tabaqalariga tijorat, moliyaviy ishlar va ribo evaziga qarz berishni ta’qiqlaydi. Hatto ikki tabaqa a’zolaridan biri arzon pulga ozroq yer sotib olsa va uni qimmatga sotsa ham ribo bilan shug’ullangan hisoblanar edi. Vaysh tabaqasiga tijorat va ribo bilan shug’ullanish mumkin bo’lgan. Shudra tabaqasi oq qilinganlar tabaqasidan bo’lgani uchun ularga boylik to’plashning har qanday yo’li uzul kesil harom qilingan edi.
Qadimgi Xitoy madaniyatida
Xitoyda asrlar davomida ribo harom bo’lib kelgan. Xitoy tarixida ribo bilan muomala qilgani haqida biror ma’lumot berilmagan.
Xitoyda riboning harom qilinishining asosiy sabablaridan biri qadimgi xitoy falsafachilari riboning gunoh va zararlarini to’g’ri anglaganlari bo’lgan. Shuning uchun ribo bilan muomala qilishdan uzul kesil qutilishgan.
Yahudiylar madaniyatida
“Eski ahd” kitobi da ribo hukmi borasida kelgan hukmlar yahudiylar o’zaro bir birlari bilan ribo muomalasini harom qilingani va boshqalar bilan bu muomalani mubohligi bayon qilingan.
Bunga quyidagi hujjatlar keltirilgan: “Birodaringga kumushni yoki riboga beriladigan narsani riboga berma.
Begonaga riboga qarz ber. Lekin birodaringga riboga qarz berma.”
Yahudiylarda bu matnlarda kelgan “birodar” va uning muqobilidagi “begona” so’zlarini ishlatishdan asosiy maqsad nima ekanini bayon qilish kerak.
Eski ahd kitobida birodar so’zi ikki ma’noni ehtimol qiladi:
- Tor ma’noda bo’lib, aqiydalarini Muso alayhissalom risolatlari birlashtiradigan yahudiylarning o’zlariga chegaralanadi. Shuning uchun bu ma’no qaerda yashashi, qaerda ishlashi, bir davlatda yashaydimi, boshqa davlatda yashaydimi yahudiy dinidagi kishilarga tegishlidir.
- Keng ma’noda bo’lib, Muso alayhissalomga ergashgan yahudiylar va u zot bashorat bergan Iso alayhissalom as’hoblariga ham dalolat qiladi. Bu ma’noga qaralsa masihiylar yahudiylarga birodar deb e’tibor qilinadi. Lekin yahudiylar tor ma’noni olib “birodar” so’zini o’zlarining millatlariga ishlatadilar.
Yahudiylar o’zlaridan boshqaga ribosiz qarz berishi haromligiga ijmo’ bor.
Tarixdan ma’lumki yahudiylar asrlikdan qaytib kelganlaridan so’ng o’zaro ribo bilan muomala qilishga kelishganlar. Bu bilan o’zlarining sarkash qovmlariga payg’ambarlarining g’azabini qo’zidilar va o’zlariga la’nat tilab oldilar. Iso alayhissalom risolatlari kelganigacha ularning o’zaro ribo muomalasidagi foyda 1% bo’lgan .
Qadimgi Yunonistonda
Yunonlarda ribo keng tarqalgan bo’lib, qarz beruvchi qarzdor qarzni uzmasa uni qul qilib unga egalik qilar, xohlasa o’ldirishi ham mumkin edi. Buning natijasida esa yunon jamiyatida keskin kurashlarni kelib chiqar edi.
Miloddan avvalgi oltinchi asrdagi “Sulun ” dasturi bunday kurashlar ko’p bo’lganini ko’rsatadi. Bu dastur ijtimoiy va iqtisodiy atamalarga to’xtalib riboning xunuk oqibatlarini yaxshi yo’l bilan hal qilishni ko’rsatgan. Qarzdorni qul qilishni harom qilgan, ba’zi qullarni ozod qilgan, ko’p qarzlarni kamaytirgan, ba’zilarini uzul kesil bekor qilgan, lekin foydaning chegarasini belgilagan bo’lsada ribo muomalasini butkul harom qilinmagan.
Yunon falsafasida ribo jamiyatda iqtisodiy kurashning boshlanishi bo’lib, iqtisod va jamiyatni parokandalikka olib keladi.
Butparastlar davrida
Rimliklar ribo muomalasiga oddiy masala sifatida qaragani uchun ularda ribo keng tarqagan, ma’lum va mashhur edi. Imperiya boshlanishida qarz evaziga har qanday foyda olishni man’ qilgan edi. Lekin imperiyaning mavqiyi oshib savdo ishlari rivojlangani uchun bu qonun doimiy bo’lmadi va ribo yo’llari ochilib ketdi.
Bu orada yunon mutafakkirlarining qarashi ham turlicha bo’ldi, ba’zilari uni harom desa, ba’zilari ma’lum chegarada mumkin deyishdi.
Faylasuf Setseron ribo bilan foydalanishni harom deydi va uning fikricha riboning jarimasi qotillik qilganning jarimasi bilan barobar hisoblanadi.
Seneka (Sinika) riboning ba’zi ko’rinishlari ma’lum chegara va shartlar asosida mumkin deydi.
Rim qonunlarida ham foydaning eng yuqori chegarasi 12% dan oshmasligi belgilandi.
Nasroniylar mabalarida
Rim imperiyasi zaiflashib parokandalikka yuz tuta boshlaganda jamiyatni isloh qilish va namuna bo’lish uchun masihiylik dini yuzaga chiqdi. Masihiylar shari’atida ribo masalasiga qarashlari qo’yidagicha bo’lgan:
- “Kim sendan so’rasa unga ber. Sendan qarz olmoqchi bo’lgan kishini qaytarma”. (matto 5: 42)
- “Kim sendan so’rasa unga ber. Kim sendan olsa undan so’rama”. (luqo 6: 30 ) (luqo 6: 34, 35)
Masihiylar ribo borasida yahudiylarga nisbatat tamoman boshqa yo’ldan yurishadi.
Yahudiylarda riboni o’zaro harom qilib boshqalar bilan ribo qilishga ruxsat berilsa, masihiylar ta’limotida esa qarz berguvchidan qarzni so’ramaslik bor.
Masihiylar qarz beruvchi qarzdordan qarzni kechishlikni adolatdan yuqori fazilat deb hisoblashadi. Bu fazilat qarzdor kambag’al bo’lsa boy bo’lgunicha kutish yoki to’lab berishga imkoniyati bo’lmasa kechib yuborishda namoyon bo’ladi.
Odillik qazrni aslini, ziyodasini so’ramasdan bergan qarzini olish bo’ladi. Shuning uchun fazilatni odillikdan ustun deyilmoqda. Fazilat qilishni ham o’ziga shartlari bor.
Fazilatni oqlaydigan natijalarga erishish va uni amaliy ko’rsatib berishi kerak. Shunda qarz berguvchi qaytarib olmaydi.
Marhum doktor Muhammad Abdulloh Darroz aytgandar: “Cherkovdagi kishilar va ularning boshliqlari Iso alayhissalom ta’limotlari ribo bilan muomala qilishni qat’iy haromligiga ittifoq qilishgan. Hatto hayotga yengil qarab, ko’p narsalarni ruxsat berish bilan ayblanadigan iyezuit larning bobolaridan ribo haqida quyidagi so’z rivoyat qilingan: “Riboxo’rlar bu dunyoda sharaflarini yo’qotadilar, o’lganlaridan keyin kafanlanishga haqli emaslar”.
Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinadiki, sudxo`rlik bor har qanday jamiyat parokandalikka mahkum. Buni o`z vaqtida anglagan xalqlar vaqtida undan uzoqlashish qattiq harakat qilagan, unga imkon bergan xalqlarda esa o`zaro ichki nizolar avj olib boravergan. Alloh taoloning sudxo`rlikdan qaytarishida nafaqat insonning o`ziga, balki jamiyatga ham ulkan foyda bor ekanining hikmati ko`rinadi.
Toshkent islom instituti talabasi
Nodirbek Nishonov