islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Mushukni yaxshi ko’rgan sahoba

Abu Hurayra roziyallohu anhu 602-yilda tug’ilganlar va Yaman yerlaridagi Davs qabilasi maskanlarida yetim holatda ulg’aydilar. Tufayl Ibn Amr Davsiy islomga da’vat qilganlarida u zot da’vatni qabul qilib, islomni qabul qildilar. Hijriy 7-yilda qavmidan bir jamoa bilan birga Madinaga hijrat qiladilar. O’sha paytda yoshlari 18 da edi. Johiliyat davrida insonlar uni Abdushams deb chaqirishar edi. Alloh u zotni islom bilan mukarram etib,  Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqish baxtiga musharraf bo‘lganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz: “Isming nima?”, deb so‘radilar. U zot: “Abdushams”, deb javob berdilar. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Balki, Abdurrohman”, dedilar. U zot bo‘lsa: “Ha, Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rosululloh”, dedilar. Abu Hurayra deb atalishlarining sababi, u zot qavmini qo’ylarini boqib yurardilar, o’sha paytda u kishini o’ynab yuradigan mushuklari bor edi, shundan so’ng qavmlari uni “Abu Hurayra” deb atay boshlashgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosulullohdan 5374 ta hadis rivoyat qildilar va bu borada sahobalarning eng afzali bo’ldilar. Islom ummati ichida bu porloq yulduz sahobani  tanimagan odam bo‘lmasa kerak.

Darhaqiqat Abu hurayra roziyallohu anhu ilm uchun katta kuch sarflagan va Rosulullohning ilm majlislariga to‘xtovsiz ishtirok etishlari hamda ilm olishda ochlik, yashash qiyinchiliklari u zotga to’sqinlik qila olmadi.

Abu hurayra roziyallohu anhu o’zlari haqida: “Bir kuni qattiq och qoldim, hatto Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan Qur’ondan bir oyat haqida so‘rar edim, vaholanki men uni bilar edim. So‘rashimning boisi meni uyiga olib borib taomlantirsin uchun edi”, dedilar.

Madinai Munavvaraga kelganlarida so’ng ahli suffa bilan yashadilar. Suffada Rosulullohdan biron bir hadisni o’tkazib yubormaslik uchun ko’p hollarda och qolar edilar. Rosulullohni vafotlarigacha u zotni lozim tutdi.

Sahobalar va tobeinlar u zotning ilmlari va hifzlariga guvoh bo’lishgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosulullohni ko’p lozim tutganlari uchun sahobalarning buyuklaridan Umar, Usmon, Ali va Tolha Ibn Zubayr roziyallohu anhumlar u zotdan hadis so’rar edilar.

Ibn Umar roziyallohu anhu: Ey Abu Hurayra, siz Rosulullohni lozim tutuvchirog’imizsiz va u zotning hadislarini biluvchirog‘imizsiz”, der edi.

Xulosa o’rnida Abu Hurayra roziyallohu anhu ilm ummonidan bir ummon va fatvo imomlarining kattalaridan edi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu 679-yilda (hijriy 59-yil) Madinada vafot etadilar.

 

Toshkent islom instituti talabasi

 Saidmirzaev Mirzaqosim

409610cookie-checkMushukni yaxshi ko’rgan sahoba

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: