islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oktabr 28, 2023

Day

GO’RKOVNING QISSASI

Go'rkov shunday hikoya qiladi: kechadagidek yodimda. zudlik bilan peshinga qadar lahad qazishim buyurtmasi kelib tushdi. Soat chamasi 11:00 edi. Ko'p iltimos qilganlari va yosh, navqiron yigit to’satdan o'lib qolganini  aytganlari uchun rad eta olmadim. Ketmonni yerga urarkanman huddi saryog’dek tuproq o’yilayotganini ko’rib hayratlandim. G'ayratim kelib yarim soatda joyni tayyor qilgan edim. Bir muddat o'tmay lahadda yer yorilib Jannat bog'ini ko'rdim. Hushimdan ketibman, ustimda o'g'lim bir kosa suv bilan meni o'zimga keltirayotgan ekan. Ko’mdik. Hayot yana avvalgi izidan yurib ketti. O'sha voqeadan so'ng ancha o'ychan bo'lib qoldim. Allohning bu mo'jizasiga sazovor bo'lgan yigitning amali nima ekanki Jannat uning makoni bo'lsa...- Toshkent islom instituti talabasi M.Yashnarova

Abdulloh ibn Mas’ud

To'liq ismlari Abdulloh ibn Mas'ud ibn Rofiya ibn Habib al-Xuzaliy. Kunyalari esa – Abu Abdurahmon bo'lib, 590- yilda tug'ilganlar. Jussalari juda kichik, ozg'in, bo'ylari pastroq edi. U kishining ikki boldirlari juda ingichka bo'lib, bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uchun meva termoqchi bo'lib daraxtga chiqqanlarida, sahobalar u kishining boldirlarini ko'rib, kulib yubordilar. Chunki, u kishining ikki boldirlari juda ingichka edi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ularga : "Ibn Mas'udning boldirlaridan kulyapsizlarmi, shubhasiz ular Allohning huzuridagi mezonda Uhud tog'idan ham vaznliroqdir"- dedilar...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilova Hilola

Itoatkor farzand

Shariat ilmida katta professor deb tan olingan Ramazon Butiy otalarini yaxshi ko’rganlaridan "Bu mening otamdir" degan kitob yozganlar. Dunyoning ko’plab mamlakatlariga ma’ruza qilish uchun safar qildilar. Xususan, Saudiya Arabistonga ham bir kunlik ma’ruzalari uchun tashrif buyurganlarida ajib bir voqea yuz beradi. Universitetlarning birida ma’ruzalarini talabalarga yetkazgandan so’ng “Men Suriyaga qaytaman, biletni gaplashib qo’yishim kerak" dedilar. Shunda Saudiyalik olimlar yana bir kunga qolishlarini iltimos qilishdi. Ramazon Butiy hech ikkilanmay otalaridan ruxsat so’rab qo’yishlarini aytadilar. Otalari bilan telefon orqali bo’lgan suhbatda hol ahvol so’rab, faqat "xo’p" degan javobni berdilar. Saudiya ulamolari Ramazon Butiyni otalari ruxsat berdilar deb o’yladilar Ramazon Butiy go’shakni qo’yib “Uzur qololmas ekanman otam ruxsat bermadi” deydi...- Toshkent islom instituti  talabasi A.Erkinova

Ibn Hajar Asqaloniyning ilmiy faoliyati

Ibn Hajar Asqaloniy Hijriy 773 yil –yil (Milodiy 1372-yil) Shaʼbon oyida Misrda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi. U taniqli muhaddis olim, shofe’iy mazhabi faqihi, aqidada ash’ariy boʻlgan ulamo, oʻz davridayoq shuhrat qozongan allomalardan biridir. Misrda bir necha marta qozilikka ta’yinlangan, soʻngra ijodiy ishlar sababli iste’foga chiqqanlar. Yuzdan ortiq asarlar muallifi. Uning “Sahihi Buxoriy”ga bitgan “Fath al-Boriy” asari juda mashhur. Ushbu muqaddima va asosiy qismga boʻlingan 13 ta jilddan iborat boʻlgan kitobni sunnat amallar qomusi desa ham boʻladi...- Toshkent islom instituti talabasi Komilov Abdullo

Mushukni yaxshi ko’rgan sahoba

Abu Hurayra roziyallohu anhu 602-yilda tug'ilganlar va Yaman yerlaridagi Davs qabilasi maskanlarida yetim holatda ulg'aydilar. Tufayl Ibn Amr Davsiy islomga da'vat qilganlarida u zot da'vatni qabul qilib, islomni qabul qildilar. Hijriy 7-yilda qavmidan bir jamoa bilan birga Madinaga hijrat qiladilar. O'sha paytda yoshlari 18 da edi. Johiliyat davrida insonlar uni Abdushams deb chaqirishar edi. Alloh u zotni islom bilan mukarram etib,  Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqish baxtiga musharraf bo‘lganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz: "Isming nima?", deb so‘radilar. U zot: "Abdushams", deb javob berdilar. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:  "Balki, Abdurrohman", dedilar. U zot bo‘lsa: "Ha, Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rosululloh", dedilar. Abu Hurayra deb atalishlarining sababi, u zot qavmini qo'ylarini boqib yurardilar, o'sha paytda u kishini o'ynab yuradigan mushuklari bor edi, shundan so'ng qavmlari uni "Abu Hurayra" deb atay boshlashgan...- Toshkent islom instituti talabasi Saidmirzaev Mirzaqosim