islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Фиқҳ

Бўлимлар

Vakolatning zamonaviy turlari va unga doir fiqhiy masalalar

Vakolat (الوكالة) Islom huquqida muhim o‘rin tutadi va kundalik hayotda, tijoratda, yuridik hamda ijtimoiy munosabatlarda keng qo‘llaniladi. Hanafiy mazhabi asosida vakolat shaxsning boshqa bir shaxsga o‘z nomidan ish yuritish yoki huquqiy harakatlarni amalga oshirish vakolatini berishidir. Zamonaviy davrda vakolatning turlari ortib, elektron va raqamli shakllar ham yuzaga keldi. Ushbu maqolada vakolatning shar’iy asoslari, Hanafiy mazhabi talablari va zamonaviy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Vakolatning shar’iy asoslari Qur’on va Sunnatdagi dalillar Vakolat masalasi Qur’on va hadisda mustahkam asosga ega. Alloh taolo aytadi: “Ey iymon keltirganlar! Birortangizga o’lim kelganda-vasiyat qilar chog’ida o’zingizdan bo’lgan ikki adolatli kishi agar yer yuzida safardalik chog’ingizda o’lim musibati yetsa o’zgalardan ikki kishi o’rtangizda guvoh bo’lsin.” (Moida surasi, 106-oyat) Bu oyatda vasiyat qilish va guvohlarni jalb qilishda vakolat zarurati nazarda tutilgan. Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vakolatni amalda qo‘llaganlar. “Nabiy (s.a.v.) Urvani qo‘y sotib olish uchun vakil qildilar.” (Imom Buxoriy rivoyati) Sahobalarning amaliyoti Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) biror mulkni boshqarish uchun vakil tayinlaganlari rivoyat qilingan. Bu kabi misollar vakolatning sahobalar davrida ham qo‘llanilganligini ko‘rsatadi. Hanafiy mazhabida vakolat tushunchasi Hanafiy ulamolari vakolatni shariatga muvofiq va halol ishlarni amalga oshirish uchun tayinlangan vakil orqali bajariladigan huquqiy harakat sifatida ta’riflaydilar. Hanafiy mazhabi vakolatni quyidagi jihatlar bilan izohlaydi: Vakil qiluvchi (مُوَكِّل) va vakil (وَكِيل) aqli raso va balog‘atga yetgan bo‘lishi lozim. Vakolat berilayotgan ish shar’an joiz bo‘lishi kerak. Vakolat aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Vakolatning asosiy turlari (Hanafiy mazhabiga ko‘ra): Umumiy vakolat (وكالة عامة): Barcha ishlarni o‘z ichiga oladi. Xususiy vakolat (وكالة خاصة): Faqat muayyan vazifani bajarish uchun. III. Zamonaviy vakolat turlari va fiqhiy masalalar Tijoratda vakolat Vakolatning zamonaviy tijoratdagi ahamiyati ortib bormoqda. Bank va moliya institutlarida vakolatnomalar orqali muomala ishlari amalga oshiriladi. Hanafiy ulamolari bunday vakolatlarni shar’iy jihatdan maqbul deb hisoblaydilar, agar ular halol va adolatli bo‘lsa. Fatvo: Dorul Uluum Devbandning fatvosiga ko‘ra, bank vakolatlari joizdir, agar ular ribo va qimor kabi harom ishlarni o‘z ichiga olmasa. Elektron va raqamli vakolat Zamonaviy davrda elektron imzo va raqamli vakolatlar keng tarqaldi. Hanafiy ulamolari bu masalada ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Elektron vakolatlar ishonchlilik va halollik talablarini qondirsa, shar’an maqbul hisoblanadi. Dalil: Imom Abu Hanifa (r.a.)ning fikricha, hujjatlar va guvohlik ishonchli bo‘lsa, vakolat joizdir. Yuridik va notarial vakolatlar Notarial vakolatlar huquqiy jihatdan shartnoma tuzish yoki meros masalalarida keng qo‘llaniladi. Shar’iy jihatdan notarial vakolat, agar qonuniy asosga ega va shar’iy qoidalarga zid bo‘lmasa, joizdir. Siyosiy va ijtimoiy vakolatlar Saylov vakolatlari va davlat vakolatlari zamonaviy dunyoda muhim ahamiyat kasb etadi. Islomda vakolatni suiiste’mol qilish qattiq qoralanadi: “Alloh sizga omonatlarni o‘z egalariga topshirishni amr etadi.” (Niso surasi, 58-oyat) Vakolatning suiiste’moli va shar’iy halollik Zamonaviy dunyoda vakolatlarni suiiste’mol qilish holatlari ko‘p uchraydi. Vakolatni adolat va halollik asosida amalga oshirish lozim. Hanafiy ulamolari vakolat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda halollik va ishonchni asosiy tamoyil sifatida belgilaydilar. Vakolat, xoh an’anaviy, xoh zamonaviy shaklda bo‘lsin, shar’iy jihatdan joizdir, agar u halollik, adolat va ishonch asosida amalga oshirilsa. Zamonaviy texnologiyalar va tijorat usullari rivojlangan sari, elektron va raqamli vakolat turlari ham dolzarb masalaga aylanmoqda. 401 – guruh talabasi Abdulvahhobov Orifjon 108

MUROBAHA SAVDOSI: MOHIYATI, TARIXI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Murobaha savdosi – moliyaviy operatsiyalarning eng qadimiy va keng qo‘llaniladigan shakllaridan biri bo‘lib, uning asoslari islom iqtisodiyotida ribosiz savdo qilish tamoyillariga asoslanadi. “Murobaha” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “foyda qo‘shib sotish” yoki “kelishilgan foyda bilan sotish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu savdo shakli islom iqtisodiyotida savdo munosabatlarining shariat tomonidan belgilangan shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida shakllangan. Murobaha savdosining shar’iy asoslari Murobaha savdosining asoslari Qur’oni Karim va hadislar orqali belgilangan. Qur’oni Karimda ribo (foiz) aniq ta’qiqlangan bo‘lib, savdo esa halol qilingan (Baqara surasi, 275-oyat). Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham savdoda ochiqlik, halollik va shaffoflikka urg‘u berganlar. Aynan shu tamoyillar murobaha savdosining shariat talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Murobahaning asosiy xususiyati – sotuvchi tomonidan tovarning tannarxi va qo‘shiladigan foydaning aniq va ochiq-oshkora qilib xaridorga ko‘rsatilishidadir. Bu shaffoflik bitimning haqiqiyligini, shariatga muvofiqligini ta’minlaydi va riboviy muomalalardan farqlab turadi. Murobaha savdosining tarixiy shakllanishi Murobaha savdosining tarixiy ildizlari islomning ilk davrlariga, ya’ni VII asrning boshlariga borib taqaladi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va sahobalar davrida tijorat munosabatlarida mahsulotlarning tannarxi va foyda miqdorini ochiq-oshkora ko‘rsatib savdo qilish keng tarqalgan edi. Bu amaliyot keyinchalik islom huquqi (fiqh) kitoblarida ham o‘z aksini topdi va murobaha bitimlari iqtisodiy munosabatlarning islomiy shakli sifatida tan olindi. Tarixiy manbalarda murobaha savdosining qo‘llanilishi haqida ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, Imom Abu Hanifa va boshqa fiqh olimlarining fatvolarida murobaha bitimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘rta asrlar musulmon savdogarlari orasida murobaha bitimlari tijoratning asosiy shakllaridan biri sifatida keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy moliya tizimida murobaha savdosi XX asrning oxirlaridan boshlab, islom iqtisodiyotining qayta tiklanishi va rivojlanishi bilan bir qatorda, murobaha savdosi ham zamonaviy moliya tizimida qayta jonlandi va yanada takomillashdi. Bugungi kunda islom banklari va moliyaviy institutlar tomonidan murobaha savdosining zamonaviy shakllari ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy moliya muassasalarida murobaha shartnomalari orqali ko‘chmas mulk, avtomobillar, ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yirik xaridlar moliyalashtirilmoqda. Murobaha orqali bitim tuzishda bank yoki moliyaviy institut mijozning talabiga ko‘ra mahsulotni xarid qiladi va uni aniq xarajat va belgilangan foyda bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratgan holda sotadi. Shu tarzda moliyaviy muassasalar ribosiz va shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishmoqda. Murobaha savdosining shariat talablari Murobaha savdosining shariat talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tannarxning aniq va oshkora bo‘lishi; Sotuvchi mahsulotga ega bo‘lishi va uning sotuv vaqtida mavjud bo‘lishi; Foyda miqdorining kelishilgan va qat’iy belgilangan bo‘lishi; Bitimning shaffofligi va tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi. Ushbu talablar bajarilgan holatda murobaha bitimi shariatga muvofiq va halol hisoblanadi. Aks holda, bitimning shariat tomonidan qabul qilinmasligi va riboviy bitimga aylanish xavfi mavjud. Xulosa Murobaha savdosi islom moliyaviy tizimida o‘ziga xos o‘rin tutib, ribosiz moliya amaliyotlarini amalga oshirish uchun samarali vositadir. Uning tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish istiqbollari murobahaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, murobaha bitimlarining shariat talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi uning halolligini va zamonaviy iqtisodiyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash uchun asosiy shart bo‘lib qolmoqda. Tillayev Muhammadali TII 404-guruh talabasi 171

MULLA ALIY QORINING HANAFIY FIQHIGA QO‘SHGAN HISSASI

Islom tarixida fiqh – ya’ni shariat qonunlari va diniy hayot qoidalarini o‘rganish ilmiga xizmat qilgan ko‘plab buyuk olimlar yetishib chiqqan. Ularning orasida o‘z bilim va fidokorligi bilan ajralib turgan ulug‘ allomalardan biri – Mulla Aliy Qoridir. U hanafiy fiqhining asoslarini chuqur o‘rganib, uni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish, diniy bilimlarni tartibga solish va rivojlantirish borasida ulkan hissa qo‘shgan. Abdulvoris NURIDDINOV, TII 4-bosqich talabasi

Asossiz taloq qilishning jamiyatga zararlari

"Agar ular orasida nizolashishdan qo‘rqsangiz, unda erning oilasidan bir hakam va ayolning oilasidan bir hakam tayinlang. Agar ular (hakamlar) yarashishni xohlasalar, Alloh ularning orasini totuv qiladi. Albatta, Alloh (hamma narsani) biluvchi va (hamma narsadan) xabardor zotdir". Mazkur oyatdan anglashiladiki, shariatimiz nizolarni hal qilish uchun qadam-baqadam choralar ko‘rishni talab qiladi va darhol taloqqa murojaat qilishdan qaytaradi. Shu bilan birga shariatimizda taloq erkakning qo‘lida bo'lganligining hikmati odatda er kishilar oqilona qarorlar qabul qiladilar. Shuning uchun taloq ishi er kishini qo'liga topshirilgandir. Hidoya kitobida bu borada shunday deyiladi:.. Shamsiddin BURXONIDDINOV, TII 4-kurs talabasi

Halol va harom masalalarida “istihola”ning o’rni

Istihola – najas yoki harom bo‘lgan moddada yuz beradigan shunday kimyoviy yoki tabiiy o‘zgarishki, natijada u modda boshqa bir moddaning mohiyatini oladi. Bu o‘zgarishda moddaning rangi, hidi, ta’mi, sifati va nomi butunlay o‘zgaradi. Masalan, inson najasi yoki spirtli ichimlik yer ostida uzoq yotib, tabiiy kimyoviy jarayon natijasida gazga yoki boshqa foydali moddalarga aylansa, bu istihola deb qaraladi... Kamoliddin DOSMATOV, TII 4-kurs talabasi
1 2 3 22