islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
May 29, 2025

Day

УСТНОЕ НАРОДНОЕ ТВОРЧЕСТВО

Человек встречается с устным народным творчеством с первых дней своей жизни. Укладывая мальппа спать, мать поёт ему колыбельную песню. Когда ребёнок подрастает, он уже сам начинает пользоваться считалками и дразнилками, скороговорками и загадками. Дети познaют жизненный опыт предков. Их великие предки Томaрис, боровшиеся зa свободу стрaны, искренности, человечности, терпения, предaнности делу, a глaвное, восприятия Родины, где жили и процветaли их отцы, слушают нaродные песни, эпосы, легенды и рaсскaзы., Ширaк, Спитaмен, Мукaннa, Темур Мaлик, Джaлолиддин Мaнгуберди, Мaхмуд Тороби и Aмир Темур учaтся нa их мужестве, чувствуя ромaнтику жизни и созидaния. Бессмертные произведения народной мудрости появились в глубокой древности, в те времена народы не имели письменности, и поэтому их передавали устно из поколения в поколение.  Выше изложенных материалах я назвал имена героев ,которых народ любил ,воспевал ,воспитывал своих детей на примере этих героев .Кто их сочинял? Имена этих талантливых людей не сохранились. Да разве они могли сохраниться?! Каждый рассказывал произведение по-своему. Он что-то добавлял, что-то изменял. Среди русских народных произведений особо выделяются былины. Их исполняли сказители. Народные певцы произносили былины нараспев. Былина – это песня-рассказ о богатырях и народных героях. Кто же был героем русских былин? Конечно, богатыри Илья Муромец и Добрьпгя Никитич, Святогор и Алёша Попович. Самый любимый народный герой – это Илья Муромец. Он сильный, спокойный, храбрый. Илья Муромец освобождает города от врагов и очищает дороги от разбойников. Есть былины и о жизни купцов. Самая известная среди них – былина о купце Садко. Но разве в узбекском фольклоре не было героев? Были, конечно, в эпосе «Равшан» говорится о сильной любви юноши Равшана к дочери падишаха Зулхумор. Узбекский эпос «Алпамыш» воспевает подвиги богатыря Хакимбека. храбрый герой отправляется выручать свою невесту Барчинай. Но самый любимый жанр — сказки, с ними связаны наши первые понятия о мире, добре и зле, о справедливости, в них выражены мысли и чувства, мечты и надежды народов. Когда нам что-нибудь нравится, мы сравниваем это со сказкой: «Это просто сказка!», «Всё было, как в сказке!». А какие они — русские и узбекские сказки? Это и волшебные сказки о приключениях и подвигах героев. Это и бытовые сказки о крестьянах и работниках, в них высмеиваются ленивые, упря- мые, глупые, жадные люди. Новеллы о Ходже Насреддине показывают ум, находчивость и проницательность узбекского народа. Самыми древними являются сказки о животных. Каждое животное имеет собственные черты. Лиса в сказках всегда хитрая и ловкая обманщица. Волк — глупый и жадный, заяц – трусливый. Медведь – неуклюжий и сильный, петух – легкомысленный и самоуверенный. Сравнивая русское и узбекское устное народное творчество , мы убеждаемся в следующем, с древних времён народы России и Узбекистана верили в добро, смелость, ум, трудолюбие. Они осуждали злость, хитрость, глупость, трусость. В русских и узбекских былинах и сказках зло всегда проигрывает, а добро всегда побеждает. Арипов Сатвалди Преподаватель кафедры «Языки» Ташкентского исламского института имени Имама Бухари. 61

MUROBAHA SAVDOSI: MOHIYATI, TARIXI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Murobaha savdosi – moliyaviy operatsiyalarning eng qadimiy va keng qo‘llaniladigan shakllaridan biri bo‘lib, uning asoslari islom iqtisodiyotida ribosiz savdo qilish tamoyillariga asoslanadi. “Murobaha” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “foyda qo‘shib sotish” yoki “kelishilgan foyda bilan sotish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu savdo shakli islom iqtisodiyotida savdo munosabatlarining shariat tomonidan belgilangan shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida shakllangan. Murobaha savdosining shar’iy asoslari Murobaha savdosining asoslari Qur’oni Karim va hadislar orqali belgilangan. Qur’oni Karimda ribo (foiz) aniq ta’qiqlangan bo‘lib, savdo esa halol qilingan (Baqara surasi, 275-oyat). Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham savdoda ochiqlik, halollik va shaffoflikka urg‘u berganlar. Aynan shu tamoyillar murobaha savdosining shariat talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Murobahaning asosiy xususiyati – sotuvchi tomonidan tovarning tannarxi va qo‘shiladigan foydaning aniq va ochiq-oshkora qilib xaridorga ko‘rsatilishidadir. Bu shaffoflik bitimning haqiqiyligini, shariatga muvofiqligini ta’minlaydi va riboviy muomalalardan farqlab turadi. Murobaha savdosining tarixiy shakllanishi Murobaha savdosining tarixiy ildizlari islomning ilk davrlariga, ya’ni VII asrning boshlariga borib taqaladi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va sahobalar davrida tijorat munosabatlarida mahsulotlarning tannarxi va foyda miqdorini ochiq-oshkora ko‘rsatib savdo qilish keng tarqalgan edi. Bu amaliyot keyinchalik islom huquqi (fiqh) kitoblarida ham o‘z aksini topdi va murobaha bitimlari iqtisodiy munosabatlarning islomiy shakli sifatida tan olindi. Tarixiy manbalarda murobaha savdosining qo‘llanilishi haqida ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, Imom Abu Hanifa va boshqa fiqh olimlarining fatvolarida murobaha bitimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘rta asrlar musulmon savdogarlari orasida murobaha bitimlari tijoratning asosiy shakllaridan biri sifatida keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy moliya tizimida murobaha savdosi XX asrning oxirlaridan boshlab, islom iqtisodiyotining qayta tiklanishi va rivojlanishi bilan bir qatorda, murobaha savdosi ham zamonaviy moliya tizimida qayta jonlandi va yanada takomillashdi. Bugungi kunda islom banklari va moliyaviy institutlar tomonidan murobaha savdosining zamonaviy shakllari ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy moliya muassasalarida murobaha shartnomalari orqali ko‘chmas mulk, avtomobillar, ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yirik xaridlar moliyalashtirilmoqda. Murobaha orqali bitim tuzishda bank yoki moliyaviy institut mijozning talabiga ko‘ra mahsulotni xarid qiladi va uni aniq xarajat va belgilangan foyda bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratgan holda sotadi. Shu tarzda moliyaviy muassasalar ribosiz va shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishmoqda. Murobaha savdosining shariat talablari Murobaha savdosining shariat talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tannarxning aniq va oshkora bo‘lishi; Sotuvchi mahsulotga ega bo‘lishi va uning sotuv vaqtida mavjud bo‘lishi; Foyda miqdorining kelishilgan va qat’iy belgilangan bo‘lishi; Bitimning shaffofligi va tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi. Ushbu talablar bajarilgan holatda murobaha bitimi shariatga muvofiq va halol hisoblanadi. Aks holda, bitimning shariat tomonidan qabul qilinmasligi va riboviy bitimga aylanish xavfi mavjud. Xulosa Murobaha savdosi islom moliyaviy tizimida o‘ziga xos o‘rin tutib, ribosiz moliya amaliyotlarini amalga oshirish uchun samarali vositadir. Uning tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish istiqbollari murobahaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, murobaha bitimlarining shariat talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi uning halolligini va zamonaviy iqtisodiyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash uchun asosiy shart bo‘lib qolmoqda. Tillayev Muhammadali TII 404-guruh talabasi 78

Муҳаммад Обид Синдий ҳаёти ва илмий фаолияти

Мисрда Усмонийларнинг волийси Муҳаммад Али Бошо Синдийннинг катта олимлигини билгани учун алломани икром ва эҳтиром қилади хамда зиёратига шахсан ўзи бориб туради... - ТИИ Тиллар кафедраси ўқитувчиси Анваров Элёрбек

IBROHIM HALABIY HAYOTI VA ILMIY MEROSI

Ibrohim Halabiy hanafiy fiqhining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, o‘zining chuqur ilmi, aniq metodologiyasi va amaliyotga yaqin yondashuvi bilan islom huquqiy tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan. U hijriy 856-yilda (milodiy 1452-yil) Suriyaning qadimiy ilm markazlaridan biri bo‘lgan Halab shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki diniy ta’limni o‘z yurti madrasalarida olgan Halabiy keyinchalik ilm talabida Usmoniylar saltanatining yuragi bo‘lgan Istanbul shahriga hijrat qiladi. Bu yerda u o‘z zamonasining yetuk ulamolari bilan suhbatda bo‘lib, fiqh, usul al-fiqh, lug‘at, hadis kabi fanlarda yuksak darajaga ko‘tariladi. Uning tafakkuri va uslubidagi aniqlik, matnlardagi mujmal joylarni tartibga solish mahorati uni zamonasining eng salohiyatli faqihlaridan biriga aylantirgan. Ibrohim Halabiy umrining katta qismini ilm-fanga bag‘ishlagan holda Istanbulda o‘tkazgan va shu yerda hijriy 956-yilda (milodiy 1549-yil) vafot etgan. U yaratgan asarlar fiqhiy merosda yuqori baholanib, asrlar davomida musulmon olamida keng qo‘llanilgan. Ayniqsa, uning eng mashhur asari “Multaqol abḥur” hanafiy fiqhining muhim manbalarini tartibli tarzda jamlagan yirik fiqhiy qo‘llanmadir. “Multaqol abhur” degan nomning o‘zi ham turli fiqhiy “dengizlar” — ya’ni mashhur fiqhiy manbalar — bir joyda birlashganini bildiradi. Asar o‘z mazmunida “Kanzul daqoiq”, “al-Muxtor lil-fatva”, “Majma‘ al-bahrayn” va “al-Muxtasar” kabi mo’tabar hanafiy matnlar asosida tuzilgan bo‘lib, qisqalik, aniqlik va ishonchlilikni uyg‘unlashtirgani bilan ajralib turadi. Halabiy asarlarining ahamiyati nafaqat ilmiy doiralar bilan cheklanib qolgan, balki ular davlat boshqaruvi va shariat sudlari amaliyotida ham asosiy yuridik manbaga aylangan. “Multaqol abḥur” Usmoniylar davlati tomonidan fiqhiy qonunchilikning asosiy matni sifatida tan olingan. Madrasalarda bu asar asosiy o‘quv darsi sifatida o‘rgatilgan, shariat sudlarida esa ish yuritishda asosiy manba sifatida xizmat qilgan. Uning yondashuvi fiqhni nazariy doiradan chiqarib, hayotga yaqinlashtirishga xizmat qilgan. Aynan shu jihati uni boshqa ko‘plab hanafiy ulamolaridan ajratib turadi. Ibrohim Halabiy faqat “Multaqo” asari bilan emas, balki boshqa bir qancha muhim fiqhiy asarlar bilan ham tanilgan. “G‘unyatul Mutamalli” nomli asari orqali u fiqhiy masalalarni chuqur sharhlab bergan bo‘lsa, “Tahrirul qava‘id”da fiqhiy qoidalarni tizimli shaklda bayon etgan. Shuningdek, u o‘zining mashhur asariga “Sharhul Multaqo” nomi bilan sharh ham yozgan. Uning fiqhiy qarashlari Muhammad Amin Ibn Abidin kabi keyingi avlod ulamolari tomonidan keng e’tirof etilgan. Ibn Abidin o‘zining mashhur “Raddul Muxtor” asarida Halabiydan ko‘plab iqtiboslar keltiradi. Halabiy merosi Misr, Shom, O‘zbekiston, Hindiston kabi keng hududlarda tarqalgan va ko‘plab madrasalarda o‘qitilgan. Bugungi kunda ham Ibrohim Halabiy asarlari fiqhiy tadqiqotlar, tarixiy tahlillar va zamonaviy huquqiy muammolarga shariat asosida yechim topishda katta ahamiyatga ega. Zamonaviy olimlar uning metodologiyasini o‘rganib, an’anaviy fiqh matnlarini bugungi kunimizda qayta talqin qilishda undan foydalanmoqdalar. U yondashgan uslubda nazariy asos bilan amaliy muvozanat mujassam bo‘lib, bu esa shariat qonunlarini xalq hayotiga moslashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Islomiy iqtisod, shariat sudlari va fatvo berish tizimi Halabiy merosidan ilhomlanishda davom etmoqda. Xulosa qilib aytganda, Ibrohim Halabiy fiqh ilmining soddalashtiruvchisi, huquqiy tafakkurni amaliy hayotga olib kirgan mutafakkir olim sifatida tarixda mustahkam o‘rin egallaydi. U fiqhiy bilimlarni tizimlashtirib, ularni qonunlashtirish darajasiga olib chiqqan. “Multaqol abhur” asari hanafiy fiqhining durdonasidir. Uning merosi fiqhda aniq metodologiya, tartib va amaliy yondashuv namunasi bo‘lib, hozirgi islom huquqiy tafakkuri rivojida ham muhim manba bo‘lib qolmoqda. Bekmurod ABDULHAYEV TII 402-guruh talabasi 72

Аллоҳ таолога суюкли бўлган иш

Дунёда шундай ишлар борки, у ишлар Аллоҳ таолога суюкли бўлган ишлардир. Шундай ишлардан бири бир мўмин-мусулмоннинг кўнглини шод қилиш ҳисобланади. Бу ҳақда Ибн Аббос розияллоҳу анҳудан  ривоят қилинади: عن ابن عباس أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال:  إن أحب الأعمال إلى الله تعالى بعد الفرائض إدخال السرور على المسلم Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар: “Аллоҳ таолога фарз ибодатларидан кейин энг мақбул иш – мусулмон кишининг кўнглига сурур (хурсандчилик) етказишдир”. Дарҳақиқат, ўзга кишининг кўнглини олиш, уни хурсанд қилиш хайрли амаллардандир. Ҳазрати Алишер Навоий қуйидаги байтда бу ҳақда шундай ёзиб қолдирганлар: Кимки бир кўнгли бузуғнинг хотирин шод айлагай – Онча борким, Каъба вайрон бўлса обод айлагай. Мусулмоннинг кўнглига озор бериш эса, ўз навбатида хунук ишлардандир. Бу ҳақда халқимизда шундай бир мақол бор: “Дил озордан худо безор”. Аллоҳ таоло барчамизни ўзгаларга озор беришдан сақлаб, Ўзига суюкли бўлган ишларни қилишга муваффақ айласин! Руҳиддин АКБАРОВ, ТИИ талабаси, ЎМИнинг Қашқадарё вилоят вакиллиги ходими 213