islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

Qur’onni sunnat va sahobalarning qavllari bilan tafsir qilish

“Qur’on tafsiridagi eng yaxshi yo‘l Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilishdir. Bir yerda mujmal qilingan narsa boshqasida mufassal bayon qilingan bo‘lishi mumkin. Topa olmasang sunnatni lozim tut. Chunki u Qur’onni sharhlovchi, uni ochiqlab beruvchidir.”… - TII bitiruvchi talabasi Sultonova Bibixadicha

Islomda nasl-nasab muhofazasining ahamiyati

Islom huquqi inson va jamiyat hayotini tartibga solish, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va adolat tamoyilini amalga oshirish kabi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Shu orqali mustahkam poydevorlar ustiga qurilgan jamiyat bilan insoniyatga yo‘l ko‘rsatadigan Islom madaniyati barpo etiladi. Ibn Xoldun o‘zining mashhur “Muqaddima” asarida “insonlar jamiyati – zaruratdir” deya yer yuzida jamiyatsiz hayot bo‘lmasligini ta’kidlagan . Chunki inson “jamiyatda tug‘iladi va odatda jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi ”... - TII talabasi bitiruvchisi Yo’ldoshxodjayeva Xojiyahon

“Al Ajurumiyya” – nahv ilmiga oid durdona asar

Al-Ajurumiyya nima? “Al-Ajurumiyya” Ibn Ajurrum tomonidan yozilgan grammatika bo‘yicha eng muhim kitoblardan biri bo‘lib, bu asarga “Matn al-Ajrumiyya” yoki “Al-Muqaddima al-Ajurumiyya” kabi boshqa nomlar ham berilgan. Tilshunoslar bu kitobni eng muhim arab grammatik matnlaridan biri deb bilishgan va bu kitobning ahamiyati tufayli bir qator arab tili olimlari va grammatika mutaxassislari ushbu matnni fan talabalariga mos va talabalar uchun tushunarli qilib sharhlaganlar. Ushbu kitob kichik, ammo foydali risola bo‘lib, arab tili grammatika kitoblari orasida mashhurligi bo‘yicha Ibn Molikning “Alfiya” nomli mashhur asari bilan raqobatlasha oladi. Bu asar muxtasar matn yozish borasida juda foydali ish bo‘lgan...- Toshkent Islom instituti talabasi Anvarov Abdulahad

Arab tilining o‘ziga xosligi

Arab tili dunyodagi tillar ichida ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan tildir. Lug‘at boyligi, bir kalimani bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shevalari ko‘p tillardan hisoblanadi… - TII bitiruvchi talabasi Norxo‘jayeva Nilufar Ulug‘bek qizi

Hujurot – odob va axloq surasi

Hujurot surasi Madinada nozil bo‘lgan. 18 oyatdan iborat. “Hujurot” – “hujralar” deganidir. Suraning ichidagi “…seni hujralar ortidan chaqirayotganlar…” oyatidan olinib, suraga ism bo‘lib qolgan. “hujurot” surasi o‘n sakkiz oyatdan iborat bo‘lishiga qaramay, ichida o‘n sakkiz ming olamga tatigulik ma’nolar bor... - Toshkent islom instituti bitiruvchi talabasi Norxo‘jayeva Nilufar Ulug‘bek qizi
1 5 6 7 8 9 675