Boborahim Mashrab-shoir va xalq donishmandi (1641–1711) Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Boborahim Mashrab-o’zbek adabiyoti va xalq o‘g‘zaki ijodining yirik namoyandalaridan biridir. Bu zot-shoir, mohir gʻazalnavis, xalq donishmandi va mutafakkir bo‘lgan. XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida Boborahim Mashrab yashab ijod qilgan. Uning hayoti va ijodi ko‘plab afsona va rivoyatlar bilan o‘ralgan yani Boborahim Mashrabning hayoti va faoliyati haqida aniq tarixiy ma’lumotlar oz, ammo u haqida xalq o‘rasida ko‘plab o‘g‘zaki hikoyalar, afsonaviy voqealar tarqalgan. Ularning hammasi ham tarixiy haqiqat bo‘lmasligi mumkin, lekin ular xalqning unga bo‘lgan muhabbatini, e’tiqodini ko‘rsatadi. Boborahim Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan so’fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim olgan, so’fiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshirgan, forsiy tilni oʻrgangan. Boborahim Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yozgan. Boborahim Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir. Mumtoz sheʼriyatda murabba’ turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Boborahim Mashrab ijodining oʻrni katta. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi. Shoir Boborahim Mashrab merosi, asosan „Qissai Mashrab”asari orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi. Boborahim Mashrab taxminan 1641-yilda (yoki 1640, 1653, 1657) Namanganda tugʻilgan. Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani toʻgʻrasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud. Boborahim Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Boborahim Mashrab yoshlik davrida bilim olishga intilgan. U koʻplab diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan. Boborahim Mashrab dastlab eshon Mullo Bozor Oxund qoʻlida tahsil oladi. Xorazm, Buxoro, Balx kabi oʻsha davrning yirik ilm-ma’rifat markazlarida bo‘lgan. U Naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Hofiz Muhammad Sodiqdan ta’lim olgan. Taxminan,1665-yilda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoʻja eshon huzuriga boradi. Qashqarda Ofoq Xoʻja huzurida o‘z bilimini yanada chuqurlashtiradi. Lekin u yerdagi pir-u murshidlik uzoqqa choʻzilmaydi. Boborahim Mashrab Samarqand, Xoʻjand, Buxoro kabi shaharlarda kezib yuradi va Qubodiyonda (hozirgi Afg’onistondagi tarixiy shahar nomi) Soʻfi Olloyor bilan uchrashib qoladi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xo’ja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yozilgan. Ofoq Xoʻja shaxsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni “pir-u rahbar” deb tan oluvchi bayt-misralar mujassam boʻlgan gʻazal va muxammaslar ham (“Koshki”, “Oʻzum” radifli gʻazallar, “Qolmadi” radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir. Boborahim Mashrab taxminan 1672–1673-yillarda Ofoq Xo’ja dargohini tark etadi. Boborahim Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda darbadarlikda oʻtkazadi. 1673-yildan boshlab Boborahim Mashrab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. 1711-yilda shoir Boborahim Mashrab Balxga keladi. Balx viloyat hokimi Mahmud Qatagʻonning hukmi bilan dorga osib oʻldiriladi. Boborahim Mashrab nomi XVIII-XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning “Muzokir ul-as’hob”ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Boborahim Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonai Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan...
Бурҳонидин Марғилоний номи билан шуҳрат қозонган Абул Ҳасан Али ибн Абу Бакр ал-Фарғоний ар-Риштоний ал-Марғилоний ислом оламида хусусан Ҳанафий фиқҳи тараққиётига беққиёс ҳисса қўшган олимлардан ҳисобланади. Аллома Бурҳонидин Марғилонийнинг “ал-Ҳидоя” асари ҳозирги кунга қадар фиқҳ илмининг асосий манбаларидан ҳисобланади. Бу асар мусулмонларнинг фиқҳ бўйича энг аниқ, изчил ва мукаммал асар сифатида тан олинди. Ҳозирги кунга қадар бирламчи манба сифатида олий таълим муассасалари ва мадрасаларда ҳанафий фиқҳи бўйича ўқитиладиган асосий дарсликлардан ҳисобланади. Маҳмуд ибн Сулаймон ал-Кафавийнинг келтиришича, Бурҳониддин Марғилоний ўзининг «Бидоят-ал-мунтаҳий» асарининг сўз бошида «Ҳидоя»нинг яратилиши тўғрисида шундай ёзган: «Ирокка сафар қилганимда, «Ал-Мухтасар ал-Кудурий» («Кудурий қисқартмаси»)ни кўрдим. У фиқҳ бобида ажойиб асар эди. Бу пайтда каттаю-кичик, барча «Жомеъ ус-Сагир” (“Кичик тўплам”) дан фойдаланган эди. Шунда фиқҳга оид барча асарларни жамлаб, улардан энг зарур масалаларни олдим ва бу асарга «Бидоят ал-мунтаҳий» деб ном бердим. Кейинчалик ушбу асарга шарҳ ёзиб, уни «Кифоят ул-мунтаҳий» деб номладим»[1]. Кейинроқ бу асарнинг ҳам ҳажми катталик қилиб, янада мўъжаз бўлган,бутун ислом оламида ҳанафия мазҳабининг фикх масалаларида асосий қўлланмасига айланган Ҳидоя асари яратилди. Мазкур асарни ҳанафия мазҳабидан тутган ўрни тўғрисида аллома «Ҳидоя» китобига шарҳ ёзган машҳур олим Бадруддин Айний ўзининг «Биноя» номли шарҳида шундай ёзади: إن كتاب الهداية قد تباهجت به علماء السلف، وتفاخرت به فضلاء الخلف، حتى صار عمدة المدرسين في مدارسهم، وفخر المصدرين في مجالسهم، فلم يزالوا مشتغلين به في كل زمان، ويتدارسونه في كل مكان، وذلك لكونه حاويًا لكنز الدقائق، وجامعًا لرمز الحقائق، ومشتملًا على مختار الفتاوى، ووافيًا بخلاصة أسرار الحاوي، كافيًا في إحاطة الحادثات، وشافيًا في أجوبة الواقعات، موصولًا في قواعد عجيبة، ومفصلًا على قواعد غريبة، وماشيًا على أصول مبنية، وفصول رصينة، ومسائل غريزة، وترتيب أنيق، وترکيب حقيق “Ҳидоя китоби билан салаф уламолари фахрланган, халаф фузалолари унинг билан ғурурланган. У устозлар мактабларида асосий манба, маърузачилар мажлисларида ифтихорга айланган. Ҳар бир замонда у билан шуғулланишган, ҳар бир жойда уни мутолаа қилишган. Бу китоб ноёб билимлар хазинасини ўз ичига олган, ҳақиқат рамзларини жамлаган, муфтийларнинг ихтиёрий фатволарини ўз ичига олган, янги воқеаларга етарлича жавоблар берган, ажойиб қоидаларни ўз ичига олган, ноёб қоидалар асосида тузилган, мустаҳкам фаслларга эга бўлган, чуқур масалаларни ўз ичига олган, нафис тартиб ва мукаммал услубга эга…”[2] Маҳмуд ибн Убайдуллоҳ Маҳбубий «Ҳидоя» ҳақида шундай дейди: «Кўз кўрмаган, вақт иккинчига гувоҳ бўлмаган ноёб асар.» Марғилоний бу китобида ҳанафий мазҳабини ва бошқа мазҳабларнинг сўзлари, далилларини баён қилди. Кўп масалаларда бошқа мазҳаблар билан ихтилофни баён этишга эътибор берди, бу эса алломанинг умумий фиқҳий китоблар орасида алоҳида ўринга эга қилди. Шу боис, бу асар қиёсий фиқҳ китоблари жумласидан ҳисобланади. Шунингдек, у Имом Аъзам ва унинг икки шогирди ўртасидаги ихтилофни ҳамда улардан ривоят қилинган турли фикрларни келтиришга эътибор берди. Шунингдек, олим кўп масалаларда мазҳаб шайхларининг нуфузли фикрларини ҳам зикр қилган, бу эса китобга ҳанафий мазҳабида алоҳида илмий мақом берди. Бу матннинг аҳамияти ва шуҳрати туфайли кўплаб уламолар уни шарҳлаш, таҳлил қилиш, ҳошиялар ёзиш, ҳадисларини таҳқиқ қилиш, ҳатто уни назмга солиш билан шуғулланганлар. «Кашф» муаллифи «Ҳидоя»га ёзилган шарҳлар, изоҳлар ва ҳадислар таҳқиқини ўз ичига олган 60 дан ортиқ китоб мавжудлигини зикр қилади. Агар «Кашф» муаллифидан кейин ёзилган асарларни ҳам қўшсак, бу сон янада ортиб кетади. Акмалуддин Бобуртий раҳматуллоҳи алайҳ «Ҳидоя»га ёзган шарҳи...
Boloi Hovuz majmuasi – Buxoro Registonida saqlanib qolgan meʼmoriy majmua (XVIII–XX). Boloi Hovuz majmuasi masjid, minora va hovuzdan iborat. Majmua 1712–1917-yillar oraligʻida shakllangan. - “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Badiyev
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh ﷺ aytdilar: “Albatta, Muso (alayhissalom) nihoyatda kuchli hayo egasi bo‘lib, badanini doimo yopib yuradigan kishi edi. U hayo qilgani uchun o‘z tanasidan biror joyini ochib yurmas edi. Banu Isroil orasida ba’zi kimsalar uni kamsitib: ‘U doimo o‘z tanasini yashiradi, bu – uning badani nuqsonli bo‘lgani uchun shunday qilar. Balki u abras (pes), yoki moyaksiz (odar), yoki yana biror baloga uchraganidandir’, deyishdi. Alloh taolo esa ularning bu gap-so‘zlaridan Musoni poklashni iroda qildi. Bir kuni Muso alayhissalom cho‘milgani bordi. Kiyimlarini tosh ustiga qo‘yib, cho‘milishga kirishdi. Suvdan chiqib, kiyimlarini olish uchun tosh oldiga qaytganida, tosh uning kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom hassasini oldi-da, tosh ortidan quvdi va: “Ey tosh, kiyimimni qaytar! Ey tosh, kiyimimni qaytar!”, der edi. U shu holatda Banu Isroilning bir guruhiga duch keldi. Ular Musoni kiyimsiz holda ko‘rishdi – Alloh yaratganlar ichida eng chiroyli, eng sog‘lom badan egasi ekaniga guvoh bo’lishdi. Alloh taolo Musoni ularning gap-so‘zlaridan poklab qo’ydi. Tosh to‘xtashi bilan Muso alayhissalom kiyimlarini olib kiydi-da, asosi bilan toshni ura boshladi. Payg‘ambar ﷺ aytdilar: “Allohga qasamki, Muso urgan toshda uch, to‘rt yoki beshta iz qoldi (ya’ni, urilgan zarbalar izi qoldi).” Bu borada Alloh subhanahu va taolo shunday dedi: “Ey mo‘minlar! Musoga ozor berganlar kabi bo‘lmanglar. Bas, Alloh uni ayblaridan pokladi. Va u Allohning huzurida obro‘li zot edi”. (Ahzob surasi, 69-oyat) 405-guruh Xujaxanov Anvar 1 113
Bugungi raqamli asrda ta’lim sohasida yuz berayotgan islohotlar har qachongidan ko‘ra dolzarb tus olmoqda. Internet texnologiyalari, sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi bilan ta’limning an’anaviy shakllari o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, 2020-yilda butun dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi ta’lim tizimiga kuchli turtki berdi: an’anaviy sinf xonalarida o‘qitishdan masofaviy va onlayn ta’lim shakllariga tezkor o‘tish talab qilindi. Bu holat barcha darajadagi ta’lim muassasalarida, jumladan, diniy ta’lim sohasida ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Diniy ta’lim, o‘zining o‘ziga xosligi bilan, odatda yuzma-yuz, murabbiy-shogird aloqasiga asoslangan tarzda olib boriladi. Ammo zamonaviy texnologiyalar bu yo‘nalishga ham kirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida diniy ta’lim sohasini rivojlantirish, qadimiy ilmiy maktablarni tiklash, milliy va diniy qadriyatlarni yoshlarga yetkazish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirdi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Mir Arab, Imom Moturidiy kabi mashhur diniy ta’lim muassasalari qayta faoliyat boshladi. Ushbu ta’lim maskanlarida yuzlab yoshlar diniy bilimlarni egallab, mamlakatda ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda diniy ta’lim muassasalarida ham raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘lida qadamlar qo‘yildi. Bu, avvalo, hujjat topshirish, imtihon olish, dars berish kabi jarayonlarda onlayn imkoniyatlar orqali amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy o‘quv yurtlarida abituriyentlar uchun onlayn ro‘yxatga olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, diniy bilimlarni xalq orasida keng yoyish, ayniqsa, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun masofaviy ta’lim imkoniyatlari ochildi. Onlayn ta’limning diniy sohada joriy etilishi, bir tomondan, zamonaviy talablarga javob beruvchi qulayliklarni yaratgan bo‘lsa, boshqa tomondan, muayyan muammolar va muvozanat masalalarini ham yuzaga keltirdi. Masalan, diniy matnlarni to‘g‘ri o‘qitish, qiroat va tajvidni o‘rganish, o‘qituvchi bilan bevosita muloqot kabi jihatlar onlayn tarzda yetarli darajada ta’minlanmasligi mumkin. Shu sababli, bu sohada olib borilayotgan islohotlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, istiqboldagi yo‘nalishlarni aniqlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Mazkur maqolada aynan shu masalaga e’tibor qaratiladi: diniy ta’lim muassasalarida onlayn ta’lim shaklining joriy etilishi, uning hozirgi tajribalari, muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Maqsad — ilmiy asoslangan, sodda va tushunarli uslubda diniy ta’limning raqamli shaklga moslashuvi va uning ijtimoiy ahamiyatini yoritib berishdir. Onlayn ta’limga o‘tish zaruriyati Ta’lim tizimi – jamiyat taraqqiyotining tayanch ustunlaridan biridir. Har qanday ta’lim tizimi zamonaviy sharoitga mos ravishda yangilanib borishi, turli holat va sharoitlarda o‘z faoliyatini davom ettira olishi lozim. So‘nggi yillarda yuz bergan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xususan, pandemiya kabi omillar butun dunyoda ta’lim shakllarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, onlayn ta’limga o‘tish — shunchaki texnologik yangilik emas, balki davr talabi sifatida qaralmoqda. Diniy ta’lim muassasalari ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘quv yurtlarida ham ta’lim jarayonlarini to‘xtatib qo‘ymaslik, darslarni masofaviy shaklda davom ettirish va abituriyentlarni qabul qilishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash zaruriyati tug‘ildi. Pandemiya sharoitida an’anaviy auditoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, diniy bilimlarni uzluksiz yetkazishning yagona muqobil yo‘li sifatida onlayn ta’lim shakli tanlandi. Onlayn ta’limga o‘tish bir necha asosiy omillar bilan izohlanadi: Sog‘liqni saqlash talablari va ijtimoiy xavfsizlik. Pandemiya davrida jamoaviy yig‘ilishlar, ommaviy darslar xavf ostida qolgan edi. Shu bois sog‘liqni saqlashni ta’minlash bilan birga, ta’lim jarayonini davom ettirish uchun onlayn shaklga o‘tish majburiy bo‘ldi. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash. Diniy bilimlar muntazamlikni, o‘qituvchi va shogird o‘rtasidagi doimiy aloqani talab qiladi. Onlayn ta’lim bu jarayonni to‘xtatmasdan olib...