“Qur’on tafsiridagi eng yaxshi yo‘l Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilishdir. Bir yerda mujmal qilingan narsa boshqasida mufassal bayon qilingan bo‘lishi mumkin. Topa olmasang sunnatni lozim tut. Chunki u Qur’onni sharhlovchi, uni ochiqlab beruvchidir.”… - TII bitiruvchi talabasi Sultonova Bibixadicha
Islom huquqi inson va jamiyat hayotini tartibga solish, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va adolat tamoyilini amalga oshirish kabi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Shu orqali mustahkam poydevorlar ustiga qurilgan jamiyat bilan insoniyatga yo‘l ko‘rsatadigan Islom madaniyati barpo etiladi. Ibn Xoldun o‘zining mashhur “Muqaddima” asarida “insonlar jamiyati – zaruratdir” deya yer yuzida jamiyatsiz hayot bo‘lmasligini ta’kidlagan . Chunki inson “jamiyatda tug‘iladi va odatda jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi ”... - TII talabasi bitiruvchisi Yo’ldoshxodjayeva Xojiyahon
Arab tili dunyodagi tillar ichida ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan tildir. Lug‘at boyligi, bir kalimani bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shevalari ko‘p tillardan hisoblanadi… - TII bitiruvchi talabasi Norxo‘jayeva Nilufar Ulug‘bek qizi
Hujurot surasi Madinada nozil bo‘lgan. 18 oyatdan iborat. “Hujurot” – “hujralar” deganidir. Suraning ichidagi “…seni hujralar ortidan chaqirayotganlar…” oyatidan olinib, suraga ism bo‘lib qolgan. “hujurot” surasi o‘n sakkiz oyatdan iborat bo‘lishiga qaramay, ichida o‘n sakkiz ming olamga tatigulik ma’nolar bor... - Toshkent islom instituti bitiruvchi talabasi Norxo‘jayeva Nilufar Ulug‘bek qizi
Meros oyatlarining nozil bo’lish sabablari to’g’risida bir necha rivoyatlar bor. Shoir Hassonning vafot etgan akasi Abdurahmon ibn Sobit haqida ushbu oyat nozil bo’lganligi rivoyat qilinadi: “Uning Ummu Kuhha degan bir ayol va beshta opa-singlisi qoldi. Erkak merosxo’rlar kelib, hamma molni olib qo’yishdi. Ummu Kuhha Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ga shikoyat qildi. O’shanda meros oyati nozil bo’ldi” (Ibn Jarir rivoyati)... - TII 4-kurs talabasi Isloma Muhammadodilova