Bu voqea yaqinda metroda sodir boʻlganedi... Tiqilinch, dim havo, shovqin... Kunlik odatiy holga aylangan. Yoshlar ham, yoshikattalar ham tiqilinch orasidan qoʻllaridagi kichik telefon uchun albatta joy topadilar. Kim Instagramdagi qisqa videolardan, kim rango-rang oʻyinlardan boshini koʻtarmaydi. Atrof bilan hech kimning ishi yoʻq, hamma kichik qurilma ichiga shoʻngʻib ketgandek. Hatto, tushar bekatlarni bilmas daraja behush yoki mudragan odamdek... - TII “Hadis va Islom tarixi” oʻqituvchisi N.Saidakbarova
Mana hijriy-qamariy 1445-yilning Rajab oyi ham tugab bormoqda. Insha Alloh, ertaga yangi oy boshlanadi. Bu boshlanadigan yangi oy Shaʼbon oyidir. Shu oʻrinda shuni ham aytib oʻtish joizki, xalqimiz “Shaʼbon” oyini “Barot” oyi deb ham ataydi... - Modul ta'lim tizimi talabasi Ruhiddin Akbarov
Musulmon kishi qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar niyatini to‘g‘ri qilmoqligi va shariatga muvofiq yashamoqligi zarur. Xoh u real hayotda bo‘lsin, xoh virtual hayotda! Jumladan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish inson hayotidan katta joy egalladi desak xato bo‘lmaydi. Shu sababli ijtimoiy tarmoqdan foydalanadigan har bir musulmon kishi bir qancha narsalarni bilishi va unga amal qulishi zarur...- Toshkent islom instituti talabasi Imron Xolmirzayev
Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh muhaddis faqih bo‘lgan va o‘z davrida Nasaf shahrida qozi bo‘lgan. Bu zot Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy rohimahullohlar kabi buyuk olimlar bilan zamondosh bo‘lgan. Bu zot Xuroson, Iroq, Shom, Misr va boshqa ko‘plab shaharlarga ilm talab qilib safar qilgan. Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh Imom Buxoriy, Qutayba ibn Said, Hishom ibn Ammor va boshqa buyuk muhaddis rohimahullohlardan hadis eshitgan...- Toshkent islom instituti talabasi Ne’matxanov Alixon