“Кўнглумда бор эди ул ёру диёр, Не қилсун, ғурбатда ўтди баҳор”. Бобур нафақат моҳир саркарда, балки юксак истеъдодли адиб ҳамдир. Унинг энг машҳур асари – “Бобурнома” бўлиб, у тарихий, адабий ва географик манба сифатида алоҳида аҳамиятга эга. Асарда муаллиф ўз ҳаёти, юришлари, табиат манзаралари ва турли халқларнинг урф-одатларини содда, равон ва самимий тилда баён қилади. Бобур туркий (чиғатой) тилида ижод қилиб, она тилининг адабий мавқеини юксалтиришга катта ҳисса қўшган. Унинг асарларида садоқат, ҳижрон, ватанпарварлик ва ҳаётнинг ўткинчилиги чуқур фалсафий руҳда ифодаланган.
O‘zbek xalqi tarixida shunday buyuk shaxslar borki, ularning nomi nafaqat bir xalq yoki bir hudud bilan, balki butun jahon sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri — Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur shaxsi o‘zida bir necha fazilatlarni mujassam etgan noyob tarixiy hodisadir: u zabardast sarkarda, dono davlat arbobi, nozik didli shoir, iste’dodli yozuvchi, tarixchi va geograf olim sifatida mashhurdir. Uning hayoti tinimsiz kurashlar, siyosiy to‘qnashuvlar, g‘alaba va mag‘lubiyatlar, hijrat va safarlardan iborat bo‘lsa-da, u har qanday vaziyatda ham ilm va ijodni tark etmagan. - Toshkent islom instituti talabasi Komiljon ABDUJALILIY
Taxallusi Bobur, to‘liq ismi sharifi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (1483-yil 14-fevral Andijonda tavalllud topgan, 1530-yil 26-dekabrda Agra shahrida vafot etgan)- o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, mashhur shoir, davlat arbobi, tarixchi, geograf, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi va temuriy shahzoda. Boburning otasi-Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi-Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi. - "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV
Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида “Февраль ойи — эьтиқод мусаффолиги ойлиги” муносабати билан "Ақоид ва фиқҳий фанлар" кафедраси томонидан Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази бош илмий ходими доктор Аҳмад Саъд Даманҳурий иштирокида “Мотуридия ва Ашъария таълимотлари ўртасидаги ихтилофли масалалар” мавзусида илмий суҳбат бўлиб ўтди.
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. - Toshkent islom instituti talabasi Sherzod OTBAYLAROV