islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Aprel 28, 2026

Day

Payg‘ambar ﷺ zikr qilinganlarida salaf solihlarning odobi

Olamlarga rahmat boʻlgan Rasulining ummati boʻlishga bizni musharraf qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar boʻlsin. Alloh taoloning eng suyukli bandasi boʻlgan, bashariyat hidoyati uchun jonlarini fido qilgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga salovatu durudlar boʻlsin. Bizga Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ilmiy omonatlarini mukammal tarzda yetkazgan, nafaqat ilmni balki odobni ham meros qilib olgan butun islom ulamolariga Alloh taoloning nuri yog‘ilsin.