islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

“IX-XII асрларда ақлий тафсирларни гносеологик тамойилларининг методологик асослари” мавзусидаги докторлик диссертациясининг илмий семинари ўтказилди

2025 йил 24 март куни Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида “Қуръон илмлари” кафедраси  доценти, Ўзбекистон халқаро ислом академияси «Диншунослик ва жаҳон динларини қиёсий ўрганиш ЮНEСКО» кафедраси  докторанти А.Абдуллаевнинг “IX-XII  асрларда ақлий тафсирларни гносеологик тамойилларининг методологик асослари” мавзусидаги докторлик диссертациянинг илмий семинари бўлиб ўтди. Илмий семинарда Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институти профессор-ўқитувчилари ва тадқиқотчилар  иштирок этишди. Семинарни Илмий ишлар ва фан бўйича проректор С.Примов очиб берди ва диссертация иши юзасидан амалга оширилган тадқиқотлар ҳамда қилинган ишлар ҳақида маълумот бериш учун сўзни диссертантга берди. А.Абдуллаев сўзга чиқиб, диссертация ишининг мазмуни, бугунги кундаги тафсир илми ривожи нуқтайи назаридан аҳамияти ва долзарблиги, республика фан ва технологиялари ривожланишининг асосий устувор йўналишлари, шунингдек, хорижий илмий-тадқиқот ишлари билан боғлиқлиги, илмий янгилиги ҳамда илмий-амалий аҳамияти ҳақида тўлиқ маълумот берди. Илмий семинар сўнгида мавзу бўйича фикр-мулоҳазалар билдирилди. Семинар иштирокчилари томонидан мавзуга доир ўзларини қизиқтирган саволларга ҳам жавоблар берилди. ТИИ Матбуот хизмати 683

RAMAZON OYI: FAZILATI, HIKMATI VA FOYDALARI

Ramazon oyi – butun musulmon olami uchun eng muqaddas va barakali davr bo‘lib, u faqatgina ochlik va chanqoqlik bilan cheklanib qolmaydi. Bu oy ruhiy poklanish, sabr-toqatni mustahkamlash, taqvoni oshirish va nafs ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Ramazon sog‘liq uchun ham ko‘plab foydalar olib keladi. Ushbu oy davomida musulmonlar ibodat qilish, sadaqa berish, odob-axloqni yaxshilash va gunohlardan poklanish orqali Yaratganga yaqinlashadilar. - Toshkent islom instituti talabasi Abror ASLANKULOV

«Sharh al-Muqaddimat al-Jazariyya» asariga yozilgan bosma sharhlar

Ibnul-Jazariyning "Sharh al-Muqaddimat al-Jazariyya" asari o‘z davridan to hozirgacha ko‘plab olimlar tomonidan sharhlangan. Bu sharhlar bosma va qo‘lyozma shaklda saqlanib kelgan. Quyida asarga yozilgan ba’zi mashhur sharhlar keltirilgan... - Toshkent islom instituti talabasi Abdumo‘min MELIBOYEV

RAMAZON – SABR, TAQVO VA SAXOVAT OYI

Ramazon – Alloh taolo tomonidan mo‘minlarga in’om qilingan eng ulug‘ va muborak oy. Bu oyda Qur’oni karim nozil qilingan bo‘lib, u insoniyat uchun to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va hidoyat manbaidir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va (haq bilan botilni) farqlovchi (Qur’on) nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim ushbu oyni topsa, albatta, ro‘za tutsin…” (Baqara surasi, 185-oyat). - Toshkent islom instituti talabasi Aslbek UMAROV

Ramazon – Allohga yaqinlashish oyi

Ramazon oyi – bu nafaqat roʻza tutish, balki insonni ruhiy jihatdan poklash, sabrni rivojlantirish va jamiyatda rahm-shafqatni kuchaytirish oyi hisoblanadi. Ramazon musulmonlar uchun ulkan ruhiy, maʻnaviy va jismoniy imkoniyatlarni ochadi. Bu oyda roʻza tutish – nafaqat ovqatdan, ichimlikdan, balki yomon fikrlardan va notoʻgʻri xulqlardan ham saqlanishni anglatadi. - Toshkent islom instituti talabasi Xalilulloh JUNAYDULLAYEV
1 56 57 58 59 60 1 543