Salam yoki salaf – pulini naqd to‘lash, molni esa keyinroq olish ko‘rinishidagi bay’ bo‘lib, ulamolar unga: «O‘sha zahotiyoq beriladigan to‘lov evaziga zimmadagi sifati ma’lum narsaga tuzilgan aqd-bitim» deb ta’rif berganlar. Salam savdosi Qur’on, Sunnat va ijmo’ bilan joizdir...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin
Salomning lug‘aviy ma’nosi: tinchlik, havfsizlik va beshikast ma’nosidadir. “Assalamu alaykum”ning istilohiy ma’nosi: “sizga tinchlik, salomatlik tilayman” degan ma’noda. “Va alaykum assalom”ning istilohiy ma’nosi: “sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman” degan ma’noda. Salomlashish dinimiz shiorlaridandir. Shu bilan birga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurgan sunnat amallardan biri hisoblanadi...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurazzoqhojaev Mashrabjon
SAVOL: "Nega ixtilofli masalalarni ko’tarayapsizlar xalq orasida, bundan boshqa masalalar ham bor ediku, bundan insonlar fitnalanib, oralarida bo’linish, ajralishlar bo’lib qolayapti?" degan bazi iddaolar ham bo’lib turmoqda. Bunda quydagicha javob beramiz...- Toshkent islom instituti talabasi Xojiyev Muhammadamin
Қайси бандаси амалда энг гўзаллигини синаш учун шариъатни қоим қилган, бандадан қолган мол-мулкни қандай тақсимлашни, ҳалол ва ҳаромни ўргатган Роббимиз ҳақ субҳанаҳу ва таолога ҳамду санолар, бу ҳақида бизга таълим берган ҳабибимиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга дуруду саловотлар бўлсин! Биз ушбу мақолада мерос илми динимизнинг бир қисми бўлганлиги учун бу илмга бевосита амал қилиш ҳақида сўз юритамиз...- Ташкент ислом институти талабаси Сулаймонов Шамсиддинхўжа