Ислом дини инсон ҳаётининг барча жабҳаларини қамраб олган мукаммал диндир. У фақат ибодатлар мажмуаси бўлиб қолмасдан, балки инсоннинг жамиятдаги ўрни, оиласига, халқига ва Ватанига бўлган муносабатини ҳам аниқ белгилаб беради. Ана шундай юксак тушунчалардан бири – ватанпарварликдир. Ватанни ҳимоя қилиш, ўз халқи, оиласи ва юрти осойишталигини асраш – эркак кишининг мардлиги, йигитлигини синаб кўрадиган шарафли бурчдир. Ватан – бу фақат ер ёки ҳудуд эмас, балки ота-боболар мероси, аждодлар қони тўкилган муқаддас замин, авлодлар келажагидир. Шу боис ҳар бир соғлом фикрли, иймонли йигит Ватан тақдирига бефарқ бўлмаслиги лозим. Юртимизда туғилиб-ўсган ҳар бир эр йигитнинг Қуролли Кучлар сафида хизмат қилиши – Ватан ҳимоясининг амалий рамзи ҳисобланади. Чегарани қўриқлаш – бу Ватанни қўриқлашдир. Ватанни ҳимоя қилишга ҳар дам тайёр туриш эса ҳар бир Ватан ўғлонининг қалбига сингиб кетган муқаддас ҳиссиёт бўлиши керак. Шу маънода, Аллоҳ субҳанаҳу ва таолодан халқимизнинг порлоқ келажаги, давлатимизнинг равнақи ва осойишталигини сўрар эканмиз, айни пайтда Қуролли Кучларимизнинг қудрати, салоҳияти ва мустаҳкамлигини ҳам дуо қилишимиз лозим. Чунки тинчлик дуо билан ҳам, фидокорона хизмат билан ҳам мустаҳкамланади. Алҳамдулиллаҳ, юртимизда истиқлол шамоли эсганидан буён чорак асрдан ортиқ вақт мобайнида ҳаётимизнинг ҳар бир соҳаси босқичма-босқич ривожланиб келмоқда. Айниқса, ижтимоий соҳада, дину диёнат, илм-маърифат борасида жуда кўп хайрли ишлар амалга оширилди. Жамоатга тўлиб-тошаётган хонақоҳлар, янги қурилаётган ва таъмирланаётган муҳташам масжидлар, диний таълим муассасалари – буларнинг барчаси юртимиздаги тинчлик ва барқарорликнинг ёрқин самарасидир. Аллоҳ таоло бу дориломон кунларда тинч-осуда яшашимизнинг сабабини ҳам очиқ қилиб қўйган: тинчлик, хотиржамлик ва барқарорлик. Бу эса ўз-ўзидан келган неъмат эмас. Бу Ватан сарҳадларини қўриқлаб турган, куну тун сергаклик билан хизмат қилаётган, халқимизнинг тинчлигини таъминлаб турган тинчлик посбонларининг фидокорона меҳнати самарасидир. Улар туфайли биз тоат-ибодатларимизни эмин-эркин адо этяпмиз, фарзандларимизни хотиржам тарбия қиляпмиз. Шу ўринда савол туғилади: ёшларимиз шундай фидокор, Ватанга содиқ бўлиб вояга етиши учун биз, мўмин-мусулмонлар ва юрт фуқаролари нима қилишимиз керак? Бизнинг асосий вазифамиз – ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларнинг қалбига Ватанга муҳаббат туйғусини, шу юртда туғилиб-ўсганидан фахрланиш ҳиссини сингдиришдир. Чунки Ватанни севиш – ўз-ўзидан пайдо бўладиган туйғу эмас, у тарбия орқали камол топади. Ватан – инсоннинг туғилган жойи, киндик қони тўкилган замин, болалик ва ёшлик хотиралари сақланган макондир. Инсон таълим-тарбия оладиган, шахс сифатида шаклланадиган жой ҳам Ватандир. Шунинг учун сафарга чиққан инсон қанчалик узоқда бўлмасин, қалби доим Ватан сари интилади, уни қумсайди. Ватанни севиш, унинг равнақи йўлида хизмат қилиш, уни ёмон ниятли кучлардан ҳимоя қилиш, унинг шаъни ва обрўсини юксак тутиш – буларнинг барчаси Аллоҳ таолога бўлган муҳаббатимиздан, У Зотнинг ҳабиби Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга бўлган муҳаббатимиздан келиб чиқади. Зеро, Аллоҳ таоло Ватанга муҳаббат туйғусини инсон фитратига жо қилиб яратган. Бу туйғу фақат инсонгагина хос эмас. Ҳатто ақли йўқ жониворларда ҳам Ватанга ўхшаш ҳиссиёт мавжуд: балиқ сувини, ҳайвон ўз инини, қуш уясини қумсайди. Улар ўз маконини танийди, уни асрайди, зарур пайтда ҳимоя қилади. Демак, ақл-заковат ва тафаккур ато этилган инсонда эса бу туйғу янада юксак бўлиши табиий. Имом Муҳаммад Ғаззолий раҳимаҳуллоҳ бундай деганлар: «Ватаннинг ҳам ҳақлари бор. Унда яшаган инсон тинч-хотиржам, шукрона қилиб яшаши керак. Ватандан узоқлашганда уни соғиниши, Ватан камситилганда ғазабланиши, Ватанга ҳужум қилинганда уни ҳимоя қилиши шу юрт фарзандларининг бурчидир». Албатта, мўмин инсон учун энг...
Korrupsiya – davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga, adolatsizlikning avj olishiga va aholining hukumatga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib keladigan jarayon. Shu sababli uning oldini olish va qarshi kurash – barqaror taraqqiyot hamda demokratik jamiyat qurish uchun muhim shartdir. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash choralaridan iborat emas: u keng qamrovli profilaktik (oldini olish) mexanizmlarni, institutsional islohotlarni, jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilishni talab qiladi. Korrupsiyani oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri – kuchli va izchil qonunchilik bazasini yaratishdir. Ko‘pgina davlatlar “korrupsiyaga qarshi qonunlar” qabul qilib, unda pora olish, pora berish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar aniq jazoga tortilishini belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston qonunchiligida korrupsiya tushunchasi va unga nisbatan javobgarlik belgilangan me’yoriy asos yaratilgan... Bahriddin JO‘RABEK O‘G‘LI tayyorladi
У 1000 йил аввал Ер шари ўз ўқи атрофида айланишини биринчи бўлиб айтган шахсдир. Замонавий ўлчаш ускуналари ҳали кашф қилинмасидан олдин ер атрофини ўлчаб, 99,7 % фоиз тўғри топган. Турли илмларга оид 120 дан ортиқ китоб таълиф қилган. Беруний она тилидан ташқари яна бир қанча тилларни: араб, сўғдий, форс, сурёний, юнон ва қадимги яҳудий тилларини, кейинчалик Ҳиндистонда санскрит тилини ўрганган. Беруний ўз асарларини асосан араб ва форс тилларида ёзган. Айниқса, араб тилини жуда мукаммал эгаллаган ва кучли илмий асарларини ушбу тилда ёзган. Филология бўйича бир тилдан бошқасига таржима қилишнинг табиий-илмий терминологиялари қоидаларини ишлаб чиққан. Буюк олимнинг номи билан Ойдаги кратерлардан бири ва астероидлардан бири (9936 Ал-Беруний) аталган.
So‘nggi bir necha o‘n yilliklardan buyon musulmonlar hayotlarini Islomiy tamoyillar asosida qayta qurishga harakat qilib kelmoqdalar. Ular G‘arbning yaqin o‘tgan asrlar davomida siyosiy va iqtisodiy jihatdan hukmronligi tufayli ijtimoiy-iqtsodiy sohalarda avvalgi an’analarga to‘liq ravishda amal qilishdan mahrum bo‘ldik, deb bilishadi. Shu sababli siyosiy erkinlikka erishgan ko‘pgina musulmonlar o‘z hayotlarini Islomiy tamoyillarga mos ravishda qayta tiklashga intilmoqdalar. Ular uchun eng katta qiyinchilik iqtisodiy sohada bo‘lib, amaldagi moliyaviy tashkilotlarni shariat buyruqlariga mos ravishda isloh qilishdir. Internet va elektron savdo rivojlangan sayin insonlarning “masofadan turib” elektron pullar to‘lashlariga to‘g‘ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo‘ldan qo‘lga berishning esa umuman iloji yo‘q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o‘tkazish jarayonida o‘ziga hos vositachilarga, ya’ni elektron to‘lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo‘ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan operatsiyasi uchun qandaydir to‘lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. O‘tkazilayotgan pul miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, vositachiga bo‘lgan to‘lovlar tufayli pulni yo‘qotish ham shunchalik ko‘p bo‘ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko‘pchilik odamlar pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish borasida o‘ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu xarajatlarni kamaytirish va pul o‘tkazmalari foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan holda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va molohazalar juda ko‘p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko‘ra rad etildi. Chunki tovar va xizmatlar oldi-sotdilaridagi vositachilarga bo‘lgan to‘lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni aynan siz o‘tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yеchimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shaxslar tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydigan yangi elektron to‘lov tizimini ommaga taqdim etgandan so‘ng topildi. Bunday to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitcoin deb ataldi. Umuman olganda, “Bitcoin” – bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar. Baza ham, u o‘rnatilgan texnologiya ham juda ishonchli bo‘lganligi sabab, u insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kriptovalyutalar «BlockChain» nomini olgan (bloklar zanjiri) baza asosida yaratilgan. Moddiy jihatdan mavjud. “Bitcoin” nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan: “Bitcoin” kuchli inflyasiyaga uchramasligi uchun, dastlab ushbu virtual pullarning miqdorini cheklash maqsad qilingan. Shu sababli virtual oltin ekvivalenti degan tushuncha kiritilgan, uni sotib yoki qazib olib qo‘lga kiritish mumkin. Yangi “Bitcoin”larni qo‘lga kiritish usuli mayning deyiladi (“virtual shaxtachilar”, ammo ular kirkalar yordamida emas o‘zining kompyuterlari va maxsus yaratilgan tizimlari asosida ishlaydi). “Bitcoin” oltinga yanada o‘xshashroq bo‘lishi uchun uni qo‘lga kirtirish oltinni qazib olishdek mushkul ishga aylantirilgan. Aks holda kriptovalyutaning mavjud grafigida yangi birliklar ko‘payib ketadi. Buning uchun esa barcha maynerlar (virtual shaxtachilar) o‘z kompyuterlari yoki maxsus tizimi orqali juda murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi – xesh funksiyasi deb ataladigan maxsus formuladan foydalanib hisoblangan raqamlarni berilgan shablonga tashlaydi. Shablon esa shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, maynerlarning har qanday raqamida “Bitcoin”ning yangi birligi 10 daqiqada bir marta paydo bo‘ladi. Tizim ikki haftada bir marta kriptovalyutaning navbatdagi birliklarini “qazib olish ishlarini” murakkablashtirish maqsadida to‘g‘irlash kiritadi, bu esa kerakli shablonning ko‘tarilishiga yoki pastga tushishga yordam beradi. Tizimning har bir foydalanuvchisiga maxsus manzil (oddiy...
Elektron raqamli imzo (ERI): Zamonaviy hujjat muomalasining ishonchli kafolati Zamonaviy jamiyat rivojlanib borayotgan sari, turli sohalarda raqamlashtirish jarayoni tezlashmoqda. Shu jarayon natijasida elektron hujjatlar va ularni tasdiqlash vositalari tobora ommalashib bormoqda. Elektron raqamli imzo (ERI) ana shu vositalarning muhim turlaridan biri hisoblanadi. ERI hujjatning muallifligini tasdiqlash, uning o‘zgarmasligini kafolatlash va yuridik kuchini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Elektron raqamli imzo huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham mustahkam o‘rin egallagan. Xususan, 2003-yilda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning yuridik maqomi va qo‘llash tartibi belgilanib qo‘yilgan. Shu bilan birga, xalqaro amaliyotda ham elektron raqamli imzo ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilib, hujjat muomalasining ajralmas qismi sifatida tan olingan. Elektron raqamli imzo tushunchasi va asoslari Elektron raqamli imzo (ERI) – elektron hujjatga qo‘yilgan, maxsus kriptografik algoritmlar asosida yaratilgan va uni yaratgan shaxsning shaxsi hamda hujjatning yaxlitligini tasdiqlovchi raqamli koddir. ERI shaxsning elektron muomaladagi ishonchli identifikatori bo‘lib xizmat qiladi. Shu orqali elektron hujjatlar ham qog‘oz shaklidagi hujjatlar kabi yuridik kuchga ega bo‘lishi ta’minlanadi. Qonuniy jihatdan ERI quyidagilarga asoslanadi: Elektron hujjatning haqiqiyligini kafolatlash – ERI orqali hujjat muallifi aniq belgilanadi. Elektron hujjatning yaxlitligini ta’minlash – ERI qo‘yilgan hujjat o‘zgartirilmaganligini kafolatlaydi. Rad etib bo‘lmaslik prinsipi – hujjat muallifi uni imzolaganligini keyinchalik rad eta olmaydi. Shu tarzda, elektron raqamli imzo shaxsiy identifikatsiya, hujjatning o‘zgarmasligini ta’minlash va yuridik kuchini mustahkamlash kabi asosiy vazifalarni bajaradi. ⸻ ERIning ishlash prinsipi Elektron raqamli imzo ikki asosiy kalitga tayangan holda ishlaydi: maxfiy kalit va ochiq kalit. Bu usul asimmetrik kriptografiya deb ataladi. Maxfiy kalit – faqat imzo qo‘yuvchi shaxsda bo‘ladi. Shu kalit orqali elektron hujjatning imzosi yaratiladi. Ochiq kalit – barcha uchun ochiq bo‘lib, imzo to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. ERI yaratish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: Elektron hujjatdan xesh qiymati olinadi (maxsus xesh-funksiya orqali). Olingan xesh qiymati maxfiy kalit bilan shifrlanadi. Shu shifrlangan xesh qiymati elektron raqamli imzo sifatida hujjatga qo‘yiladi. Imzo tekshirilayotganda esa ochiq kalitdan foydalaniladi: shifrlangan xesh ochiladi va hujjatdan qayta olingan xesh qiymati bilan solishtiriladi. Agar ular mos tushsa, hujjat o‘zgarmagan va haqiqiy deb topiladi. Bugungi kunda ERI yaratishda keng tarqalgan RSA, DSA, SHA-256 kabi algoritmlar qo‘llaniladi. Ular ma’lumotlarning maxfiyligi va yaxlitligini ishonchli tarzda ta’minlaydi. Elektron raqamli imzoning qo‘llanilishi Hozirda elektron raqamli imzo turli sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda: 3.1. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatishda ERI muhim rol o‘ynaydi. Masalan, O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali turli arizalar, shartnomalar va so‘rovnomalar elektron shaklda yuboriladi. Shu bilan birga, davlat idoralari ham o‘zaro hujjat almashishda ERI asosida ishlaydi. 3.2. Moliya va bank sohasi Bank sohasida ERI hisob-kitoblarni amalga oshirish, shartnomalarni tasdiqlash va boshqa muhim jarayonlarda ishonchli vosita sifatida qo‘llanadi. Elektron bank xizmatlari, onlayn to‘lovlar va elektron hisobvaraq-fakturalar ERI orqali yuridik kuchga ega bo‘ladi. 3.3. Savdo va shartnomalar Elektron savdo tizimlari va elektron shartnomalar imzolashda ham ERI hujjatning yuridik maqomini ta’minlab beradi. Bu esa biznes jarayonlarini soddalashtiradi va hujjat muomalasini tezlashtiradi. ERIning afzalliklari va ahamiyati Elektron raqamli imzo quyidagi afzalliklarga ega: Hujjat muomalasini tezlashtiradi va qulaylik yaratadi. Qog‘oz hujjatlar va pochta xarajatlarini kamaytiradi. Hujjatlar xavfsizligini va maxfiyligini oshiradi. Shaxsiy identifikatsiya va hujjat yaxlitligini kafolatlaydi. Sud va boshqa yuridik muammolar yuzaga kelganda ishonchli dalil...