Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари, Тошкент ислом институти ректори, профессор Муҳаммадолим Муҳаммадсиддиқов Туркия сафари давомида UMAD- Uluslararası Müslüman Alimler Dayanışma Derneği – “Халқаро мусулмон уламолари бирдамлик ассоциацияси”га ташриф буюрди...- ТИИ Матбуот хизмати
Тошкент ислом институти ректори, профессор Муҳаммадолим Муҳаммадсиддиқов Туркия сафари давомида Бурса шаҳрида ҳам бўлди. Маълумки, Бурсада “Саодат асри қиссалари”, “Абу Бакр Сиддиқ розияллоҳу анҳу”, “Ўгай она”, “Қайнона” каби асарлари билан ўзбек китобхонларининг севимли адибига айланган тарихчи олим Аҳмад Лутфий Қозончи ҳазратлари истиқомат қилади. Туркияга келган ҳар бир зиёли ватандошимиз ҳурматли олимни зиёрат қилмай кетмайди...- ТИИ Матбуот хизмати
Arab tilining qonun-qoidalari tizimi – nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariy muhim oʻrin egallaydi. Arab tilshunosligiga oid asarlar ajdodimiz ulug alloma Mahmud az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Ulug’ oliming arab grammatikasiga oid ”Al-Mufassal fin-nahv“ (1121-yil)nomli asarini Makka shahrida yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. Bu asar arab tili nahvi sarfini mukammal o’rganishda eng muhim manbalardan biri sifatida azaldan Sharda ham, G’arbda ham shuhrat topgan va g’yatda qadrlanadi...- ”Tillar“ kafedrasi katta oqituvchilari Faxriddin Yernazarov va Komilxon Boqiyevlar
Ushbu til faqat arab diyorlari aholisining muloqot vositasi bo’libgina qolmay, butun dunyo musulmonlarining ham umumiy tilidir. Chunki musulmonlarning muqaddas kitobi- Qur’oni Karim aynan arab tilida nozil qilingan. Ko’plab islomiy ibodat va marosimlarni bajarishda bu muqaddas tildan foydalaniladi.Arab tilining mavqei islom dininining dunyo miqyosida keng tarqalishi tufayli ko’tarildi, chunki u kop asrlar davomida musulmonlar hukmronlik qilgan o’lkalarda siyosat, fan va adabiyot tiliga aylandi...- "Tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi Yernazarov Fakhriddin
Arab tilining mavqei islom dinining dunyo miqyosida keng tarqalishi tufayli koʻtarildi, chunki u koʻp asrlar davomida musulmonlar hukmronlik qilgan oʻlkalarda siyosat, fan va adabiyot tiliga aylandi. Abdulmalik xalifaligi davrida arab tiliga umumdavlat maqomi berildi. VIII-IX asrlarda arab tili gramatikasi ishlab chiqildi. Bunda Qur'oni karim va hadisi sharifdan manbaa sifatida foydalanishdi. Umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qo‘llay boshlanildi. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi. Shunday qilib, hozirgi arab alifbosining ilk ko‘rinishi ko’fiy deb atalgan...- Toshkent islom instituti talabasi Barakayeva.M