Muoz ibn Jabal r.a ansorlardan bo’lib, Madinada 18 yoshida islomni qabul qildi. U zot o’tkir zehnli, fahm-farosatli va gaplari tiniq inson edi. Nabiy s.a.v Madinaga kelganlaridan keyin, u zotdan ajralmay ilm o’rgandi. Bir kuni Nabiy alayhis salom u zotga “Ey Muoz Allohga qasamki men seni yaxshi ko’raman”, dedilar. E’tibor bering Nabiy alayhis salomning shu ikki og’iz so’zlari har qanday musulmon uchun dunyo va undagi ne’matlardan yaxshiroq. U zot r.a sahobalarichida eng faqihlaridan biri edilar. Rasululloh s.a.v aytadilar “Ummatim ichida ummatimga eng rahmlisi Abu Bakr, Allohning amrida shiddatlisi Umar, eng hayolisi Usmon, halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”...- Toshkent islom instituti talabasi Xamidullayev No'monxon
Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni, fiqhdan ham yaxshi xabardor boʻlgan - Muslim ibn Hajjoj 817 yoki 821 yil (hijriy 202, 204,209) Nishopurda tug'ilgan. Yoshligida koʻp mamlakatlarga safar qilgan, jumladan, Hijoz, Misr, Suriya, Iroqda boʻlgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 300 mingdan ziyod hadisni oʻrganib chiqib, ulardan 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topgan va oʻzining "as-Sahih" ("Sahihi Muslim") asariga kiritgan. Toʻplam musannaf shaklida tuzilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Malikov Ma'rufjon
Imom Osim ibn Abu an-Najud Kufiy. Imom Osimning kunyalari Abu Bakr. U kishi mashhur qori bo‘lganlar. Balog‘at, fasohat va shirin ovoz ila qiroat qilish bilan mashhur bo‘lganlar. Imom Osim tobe'inlardan bo‘lib, Qur'oni Karim qiroatini Zirr ibn Hubaysh va Abudlloh ibn Mas'ud (r.a.)dan olganlar. U kishi yana imom Hasan va Husayn (r.a.)larning ustozlari Abdulloh ibn Habib Sulamiydan ham Qur'oni Karim qiroatini olganlar. Bu kishi esa qiroatni hazrati Ali (r.a.)dan olganlar. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan olganlar. Imom Osim hijriy 129-yilda Kufada vafot etganlar. U kishining ikki roviylari: Hafs va Sho‘balar bor...- Toshkent islom instituti talabasi Qosimjon Obidov
Bir kuni Majnun Layli mahallasiga bormoq uchun tuyaga minib yo’l oldi. Uning butun dardi, fikri-zikri Layli tarafda edi. Majnunning dardi bu bo’lgani holda, tuyaning dardi butunlay boshqa edi. Tuya ortda qolgan bo’talog’ini o’ylardi. Ayriliq zanjirini uzib uning yoniga borgisi kelardi. Majnun hayoldan uyg’ongan mahallari Layli tarafga tuyani sudrar, yana hayolga g’arq bo’lgach esa tuya yo’lni bolasi tomonga burardi...- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muxriddin
Hindlarning qari bir podsholari bor edi. Sulton Mahmud bilan jangda asir tushdi. Uni bandi qilib Mahmud oldiga keltirdilar. Sulton uni afv etdi va hindlar shohi musulmon dinini qabul qildi. Musulmonchilikda Allohni yaqindan taniy boshladi, ikki olamdan kechib, Alloh yodida ibodatlar qiladigan bo‘ldi. Bir xonada xilvatda tanho o‘tirib, Alloh ishqida tunni kunga, kunni esa tunga ulab nola qilardi. Har doim o‘rtanib yig‘lardi, tuni kunduzdan, kunduzi tundan ham og‘ir kechardi. Uning zor-zor nola qilib yig‘lashlari Mahmud qulog‘iga yetdi...- Toshkent islom instituti talabasi Vohidov Hasanboy